Texnologiya va ekologiya uyg‘un bo‘lishi kerak
Ekologik madaniyatni rivojlantirish — bu faqat ta’lim yoki targ‘ibot emas, balki zamonaviy texnologiyalardan oqilona foydalanishni ham nazarda tutadi. Guliston shahrida chiqindilarni ajratib yig‘ish tizimini raqamlashtirish, “aqlli axlat qutilari” joriy etish, yoshlar uchun ekologik innovatsiyalar tanlovlarini o‘tkazish — bu mening shaxsiy tashabbuslarimdir. Prezident qarorida ta’kidlanganidek, ekologik axborotlarning ochiqligi va shaffofligini ta’minlash uchun mahalliy Kengashlar faolroq bo‘lishi kerak, biz bunga tayyormiz.