Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

Deputat maktab bituruvchilari bilan birga

 Xalq deputatlari
O‘rta Chirchiq tuman Kengashi deputati Nasrullayev Nurbek Baxtiyorovich
Qo‘shdaryo MFY hududidagi 55 va 39-umumta'lim maktablarining bitiruvchilari bilan uchrashdi. 

📖 Tashrif davomida maktab jamoasi —
o‘qituvchilar va o‘quvchilar bilan ochiq va samimiy uchrashuvlar tashkil
etildi. Maktab kutubxonalarini boyitish maqsadida deputat o‘zining shaxsiy
kutubxonasidan tanlab olingan bir qator badiiy va ilmiy kitoblarni sovg‘a
qildi.  

🗣 Uchrashuvlar davomida o‘quvchilar bilan hayotiy yo‘nalishlar, kasb
tanlash va Oliy ta’lim muassasalarini to‘g‘ri tanlash bo‘yicha ochiq muloqot
olib borib, o'z tavsiyalarini berdi. 

 

Slide 1 of 1