Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputat nazorati
янв.21
Xalq deputatlari Guliston shahar Kengashi deputati Y. Usmonova “Bahor” mahallasi yettiligi bilan uchrashuv o‘tkazdi.
янв.21
Xalq deputatlari Guliston shahar Kengashi
янв.21
Deputat nazorati
янв.21
Sayqal mahallasi aholisi murojaati ijobiy hal etildi
янв.21
Yangi hayot mahallasida saylovchilar murojaatlari o‘rganildi
янв.21
Xalq deputatlari shahar Kengashi deputati Y. Usmonova Bahor mahallasida fuqarolar bilan uchrashdi
янв.21
Xalq deputatlari Guliston shahar Kengashi deputati Raxmatjon Maksumov tomonidan Sayqal mahallasida saylovchilar bilan uchrashuv o‘tkazildi.
янв.21
Prezident Murojaatnomasi – ta’lim sohasini rivojlantirishga qaratilgan muhim dastur
янв.21
Ta’lim – inson kapitalini rivojlantirishning hal qiluvchi omili
🚧 Qurilish boshlanmagan, yangi o‘quv yiliga esa oz fursat qoldi…

📍 Xalq deputatlari Ishtixon tuman Kengashi deputatlari N.Kiyamov, M.Raximov va M.Umirovalar tomonidan tumandagi Mohpar mahalla fuqarolar yig‘ini hududida joylashgan 60-sonli umumta’lim maktabida o‘rganish ishlari olib borildi.

📌 O‘rganish natijalariga ko‘ra, ushbu maktabga qo‘shimcha o‘quv binosi qurilishi rejalashtirilgan bo‘lib, bu bino 2025-yil yangi o‘quv yiliga qadar foydalanishga topshirilishi kerak.

❗️ Ammo ayni paytda faqatgina katlavan qazish ishlari amalga oshirilgan, qurilishga oid boshqa ishlar hali boshlanmagan.

⏳ Yangi o‘quv yiliga esa atigi bir necha oy vaqt qolgan. Bu esa:

qurilishning kechikishi,

yangi o‘quv yilini muammolar bilan boshlash,

mavjud maktab binosida o‘quvchilar zichligini oshirib yuborish,

va eng asosiysi, ota-onalar va pedagoglar orasida norozilik uyg‘otish xavfini tug‘diradi.

🔎 Savol tug‘iladi:

👉 Katlavan qazib qo‘yilgan, lekin bir oylar davomida ish harakatsiz qolayotgan bo‘lsa, ushbu ob’yektda kim nazoratni amalga oshiradi?

👉 Rejaga ko‘ra foydalanishga topshirilishi kerak bo‘lgan bino hali boshlanmagan bo‘lsa, yangi o‘quv binosining o‘z vaqtida, sifatli va talab darajasida topshirilishiga kim javob beradi?

👉 Qachon aniq bosqichma-bosqich ish boshlanadi?

📣 Prezidentimiz tomonidan farzandlarimiz uchun zamonaviy va xavfsiz ta’lim sharoitini yaratish bo‘yicha qat’iy topshiriqlar berilgan bir paytda, bunday loqaydlik va sustkashlik holatlari mutasaddilar tomonidan zudlik bilan bartaraf etilishi lozim.

🛑 Deputatlar tomonidan bu masala alohida nazoratga olindi. Qurilish ishlari bosqichma-bosqich yuritilishi va yakunlanishi bo‘yicha jamoatchilikka muntazam axborot berilishi talab qilinadi.

🎯 Farzandlarimiz ta’limi va kelajagi uchun har bir qurilish — faqat loyiha emas, bu ishonch va mas’uliyat timsolidir.

Slide 1 of 4