Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputat nazorati
янв.21
Xalq deputatlari Guliston shahar Kengashi deputati Y. Usmonova “Bahor” mahallasi yettiligi bilan uchrashuv o‘tkazdi.
янв.21
Xalq deputatlari Guliston shahar Kengashi
янв.21
Deputat nazorati
янв.21
Sayqal mahallasi aholisi murojaati ijobiy hal etildi
янв.21
Yangi hayot mahallasida saylovchilar murojaatlari o‘rganildi
янв.21
Xalq deputatlari shahar Kengashi deputati Y. Usmonova Bahor mahallasida fuqarolar bilan uchrashdi
янв.21
Xalq deputatlari Guliston shahar Kengashi deputati Raxmatjon Maksumov tomonidan Sayqal mahallasida saylovchilar bilan uchrashuv o‘tkazildi.
янв.21
Prezident Murojaatnomasi – ta’lim sohasini rivojlantirishga qaratilgan muhim dastur
янв.21
Ta’lim – inson kapitalini rivojlantirishning hal qiluvchi omili
Deputatlar oʻz saylovchilariga axborot berdi

4-aprel kuni Narpay tumani Madaniyat saroyida Xalq deputatlari Samarqand viloyat Kengashi deputatlari Yodgorbek Jo‘rayev, Munojat Rasulova va Mavlon Boboxonov o‘z saylovchilari oldida 2025-yilning birinchi choragida amalga oshirgan faoliyati yuzasidan hisobot berdilar.

Uchrashuv davomida deputatlar o‘z saylov okruglari doirasida olib borgan ishlari, aholi murojaatlariga ko‘ra mas’ul tashkilotlarga yuborilgan deputatlik so‘rovlari, ularning ijrosi natijalari, hududiy ijtimoiy-iqtisodiy dasturlar amalga oshirilishi, viloyat Kengashining sessiyaviy faoliyati doirasida ko‘rib chiqilgan masalalar haqida batafsil ma’lumot berdilar.

Shuningdek, uchrashuvda aholini qiynayotgan dolzarb masalalar — uy-joy, ichimlik suvi, yo‘l infratuzilmasi, bandlik, ijtimoiy yordam kabi mavzular muhokama qilinib, ular yuzasidan deputatlar o‘z fikr-mulohazalari va takliflarini bildirdilar.

Yig‘ilish yakunida fuqarolar tomonidan berilgan savollarga ochiq muloqot asosida javoblar berildi. Ayrim masalalar joyida hal etildi, qolgan murojaatlar bo‘yicha deputatlar tomonidan yozma tartibda so‘rovlar tayyorlanishi va ijrosi nazoratga olinishi bildirildi.

Slide 1 of 6