Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
G‘OZG‘ON SHAHRIDA GIYOHVANDLIK VA KIBERJINOYATCHILIKKA QARSHI TARG‘IBOT TADBIRI O‘TKAZILDI
янв.21
Favqulodda vaziyatlarning oldini olish bo‘yicha targ‘ibot ishlari olib borildi
янв.21
Jinoyatchilikka qarshi kurashish holati o‘rganildi
янв.21
“Jismoniy tarbiya va sport to‘g‘risida”gi Qonun ijrosi asosida sport zali holati o‘rganildi
янв.21
Elektr ta’minoti korxonasi faoliyati sessiya oldi o‘rganildi
янв.21
Fuqarolar murojaati joyida o‘rganildi
янв.21
“Dolzarb 90 kun” tadbiri davom etmoqda
янв.21
Bozordagi narx-navolar va mahsulotlar yetarliligi o‘rganildi
янв.21
“Chiqindilar to‘g‘risida”gi Qonun ijrosi o‘rganildi
янв.21
Yangi Dehqon bozori qurilishi doimiy nazoratda
deputat faoliyati

Xalq deputatlari tuman Kengashi deputatlari N.Karimov, D.Islomova va N.Tuykulovalar ishtirokida O'zbekiston Respublikasining “Xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlar kafolatlari toʻgʻrisida”gi Qonun ijrosini taʼminlash masalalariga bagʻishlangan uchrashuv boʻlib oʻtdi. Uchrashuv davomida gender tengligini taʼminlash, mehnat munosabatlarida kamsitishning oldini olish, xotin-qizlarning jamiyat va davlat boshqaruvidagi ishtirokini kengaytirish kabi muhim masalalar muhokama qilindi.
Tadbir davomida ishtirokchilarga mamlakatimizda gender tenglikni taʼminlash borasida amalga oshirilayotgan islohotlar, xotin-qizlarni qoʻllab-quvvatlashga qaratilgan qonunchilik asoslari hamda yaratilgan imkoniyatlar haqida atroflicha maʼlumot berildi.
Shuningdek, uchrashuvda deputatlar tomonidan oila va jamiyatda oʻzaro hurmat, teng munosabat va huquqiy madaniyatni yuksaltirish muhim ahamiyat kasb etishi taʼkidlandi.
Tadbirda ishtirokchilar tomonidan qonun normalarini amaliyotga samarali tatbiq etish, aholi oʻrtasida huquqiy ong va madaniyatni yuksaltirish boʻyicha fikr va takliflar bildirildi.
Uchrashuv yakunida teng huquq va imkoniyatlarni taʼminlash nafaqat qonun talabi, balki adolatli va barqaror jamiyat qurishning muhim sharti ekani taʼkidlandi.

Slide 1 of 3