Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
G‘OZG‘ON SHAHRIDA GIYOHVANDLIK VA KIBERJINOYATCHILIKKA QARSHI TARG‘IBOT TADBIRI O‘TKAZILDI
янв.21
Favqulodda vaziyatlarning oldini olish bo‘yicha targ‘ibot ishlari olib borildi
янв.21
Jinoyatchilikka qarshi kurashish holati o‘rganildi
янв.21
“Jismoniy tarbiya va sport to‘g‘risida”gi Qonun ijrosi asosida sport zali holati o‘rganildi
янв.21
Elektr ta’minoti korxonasi faoliyati sessiya oldi o‘rganildi
янв.21
Fuqarolar murojaati joyida o‘rganildi
янв.21
Bozordagi narx-navolar va mahsulotlar yetarliligi o‘rganildi
янв.21
“Dolzarb 90 kun” tadbiri davom etmoqda
янв.21
Yangi Dehqon bozori qurilishi doimiy nazoratda
янв.21
“Chiqindilar to‘g‘risida”gi Qonun ijrosi o‘rganildi
Elektr ta’minoti korxonasi faoliyati sessiya oldi o‘rganildi

Xalq deputatlari G‘ozg‘on shahar Kengashi deputati O.Sharipov hamda Kotibiyat bosh mutaxassisi D.Murodov tomonidan sessiya oldi shahar elektr ta’minoti korxonasining 2026-yilning o‘tgan davri davomida amalga oshirgan ishlari holati o‘rganildi.

 O‘rganish davomida aholini uzluksiz va sifatli elektr energiyasi bilan ta’minlash, elektr tarmoqlarini modernizatsiya qilish, avariyaviy holatlarning oldini olish hamda iste’molchilarga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifati yuzasidan amalga oshirilgan ishlar ko‘rib chiqildi.

Jumladan:

aholini elektr energiyasi bilan uzluksiz ta’minlash bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar;
elektr tarmoqlarini ta’mirlash va modernizatsiya qilish holati;
avariyaviy holatlarni bartaraf etish bo‘yicha ko‘rilgan choralar;
iste’molchilar murojaatlari bilan ishlash holati;
sohaga oid tegishli hujjatlarning yuritilishi va ijro intizomi o‘rganildi.

O‘rganish davomida 2026-yilning o‘tgan davri mobaynida amalga oshirilgan ishlar tanqidiy muhokama qilinib, yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar, mavjud muammolar hamda ularni bartaraf etish bo‘yicha zarur chora-tadbirlar belgilab olindi.

Shuningdek, aholini sifatli va uzluksiz elektr energiyasi bilan ta’minlash, murojaatlar bilan ishlash samaradorligini oshirish hamda sohada mavjud muammolarni o‘z vaqtida bartaraf etish yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.

Slide 1 of 6