Xalq deputatlari G‘ozg‘on shahar Kengashi kotibiyat mudiri F.Hojiyev hamda kotibiyat bosh mutaxassisi D.Murodov shahardagi Yoshlar bog‘ida tashkil etilgan “Dolzarb 90 kun” tadbirida ishtirok etishdi.
Tadbir davomida yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ularning ijtimoiy faolligini oshirish, sport va madaniy-ma’rifiy yo‘nalishlarda tashkil etilgan ko‘rgazma va chiqishlar bilan yaqindan tanishilmoqda.
Ayni paytda tadbir ko‘tarinki ruhda davom etib, yoshlar tomonidan tayyorlangan turli ko‘ngilochar va ma’naviy-ma’rifiy dasturlar namoyish etilmoqda.