Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
G‘OZG‘ON SHAHRIDA GIYOHVANDLIK VA KIBERJINOYATCHILIKKA QARSHI TARG‘IBOT TADBIRI O‘TKAZILDI
янв.21
Favqulodda vaziyatlarning oldini olish bo‘yicha targ‘ibot ishlari olib borildi
янв.21
Jinoyatchilikka qarshi kurashish holati o‘rganildi
янв.21
“Jismoniy tarbiya va sport to‘g‘risida”gi Qonun ijrosi asosida sport zali holati o‘rganildi
янв.21
Elektr ta’minoti korxonasi faoliyati sessiya oldi o‘rganildi
янв.21
Fuqarolar murojaati joyida o‘rganildi
янв.21
Yangi Dehqon bozori qurilishi doimiy nazoratda
янв.21
Bozordagi narx-navolar va mahsulotlar yetarliligi o‘rganildi
янв.21
“Chiqindilar to‘g‘risida”gi Qonun ijrosi o‘rganildi
янв.21
“Dolzarb 90 kun” tadbiri davom etmoqda
HOKIM YORDAMCHILARI TOMONIDAN AMALGA OSHIRILAYOTGAN ISHLAR SAMARADORLIGI, XUSUSAN AHOLINI KAMBAG‘ALLIKDAN CHIQARISH ISHLARI O‘RGANILDI.

Xalq deputatlari Parkent tuman Kengashiga 15-“Beshkappa” saylov okrugidan saylangan deputat, tuman Kengashi kotibiyati mudiri Berdiqulova Mavluda Tojiddinovna tomonidan o‘zi saylangan okrugdagi “Oybek” mahallasida bo‘lib, “Mahalla yettiligi” tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi.O‘rganish jarayonida hokim yordamchisi B.Najmiddinov tomonidan aholini kambag‘allikdan chiqarish,bandligini ta’minlash hamda oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish yo‘nalishlarida amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilindi.Ma’lum qilinishicha, Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturi doirasida 10 nafar fuqaroga jami 220 mln so‘m imtiyozli kredit mablag‘lari ajratilgan. Shuningdek, “Mahalla loyihasi” va “Biznesga birinchi qadam” dasturlari asosida biriktirilgan tijorat banki bilan hamkorlikda 23 nafar fuqaroga 630 mln so‘m kredit mablag‘lari berilgan.Kasb-hunarga o‘qitish yo‘nalishida esa 7 nafar fuqaroga vaucher ajratilib, ulardan 5 nafari o‘qishni muvaffaqiyatli yakunlab, sertifikatga ega bo‘lgan.Joriy yilning 6 oyi davomida 72 nafar fuqaro turli korxona va tashkilotlarga ishga joylashtirilgan, 180 nafar fuqaro esa o‘zini o‘zi band qilgan shaxs sifatida ro‘yxatdan o‘tkazilgan.O‘rganish davomida oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturlari doirasida ajratilgan imtiyozli kreditlar hisobiga amalga oshirilayotgan loyihalar joyiga chiqib ko‘zdan kechirildi. Har bir loyiha faoliyat yuritayotgani va ajratilgan mablag‘lardan maqsadli foydalanilayotgani aniqlandi.Uchrashuv yakunida mahalla fuqarolar yig‘ini raisi bilan hamkorlikda aniqlangan muammolarni bosqichma-bosqich bartaraf etish, ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarni qo‘llab-quvvatlash, bandlikni yanada oshirish hamda tadbirkorlikni rivojlantirish bo‘yicha amalga oshiriladigan chora-tadbirlar yuzasidan tegishli tavsiya va takliflar bildirildi.  

Slide 1 of 6