Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
G‘OZG‘ON SHAHRIDA GIYOHVANDLIK VA KIBERJINOYATCHILIKKA QARSHI TARG‘IBOT TADBIRI O‘TKAZILDI
янв.21
Favqulodda vaziyatlarning oldini olish bo‘yicha targ‘ibot ishlari olib borildi
янв.21
Jinoyatchilikka qarshi kurashish holati o‘rganildi
янв.21
“Jismoniy tarbiya va sport to‘g‘risida”gi Qonun ijrosi asosida sport zali holati o‘rganildi
янв.21
Elektr ta’minoti korxonasi faoliyati sessiya oldi o‘rganildi
янв.21
Fuqarolar murojaati joyida o‘rganildi
янв.21
“Chiqindilar to‘g‘risida”gi Qonun ijrosi o‘rganildi
янв.21
“Dolzarb 90 kun” tadbiri davom etmoqda
янв.21
Yangi Dehqon bozori qurilishi doimiy nazoratda
янв.21
Bozordagi narx-navolar va mahsulotlar yetarliligi o‘rganildi
DEPUTAT SO‘ROVI YUBORILDI

Kuni kecha Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashi deputati M.Abdurahmonova o‘z saylov okrugida bo‘lib, saylovchilar bilan uchrashuvlar o‘tkazdi hamda hududdagi obodonlashtirish va infratuzilma holatini o‘rgandi.

O‘rganishlar davomida fuqarolar tomonidan bildirilgan murojaatlar va aniqlangan muammolar deputatning “Ko‘cha aylanish daftari”ga qayd etildi.

Xususan, Mashad mahallasi Imom Zahiriddin ko‘chasidan o‘tuvchi tranzit ariq uzoq vaqt davomida tozalanmaganligi oqibatida suv oqimi cheklanib, sanitariya holati yomonlashgani aniqlandi. Shuningdek, Mashad mahallasining Zarafshon va Turkiston ko‘chalarida daraxtlarning o‘sib ketgan shox-shabbalari yo‘l harakati belgilarini to‘sib qo‘ygani hamda ko‘cha yoritish chiroqlari samaradorligini pasaytirib, harakat xavfsizligiga salbiy ta’sir ko‘rsatayotgani qayd etildi.
Aniqlangan muammolarni qisqa muddatlarda bartaraf etish maqsadida deputat tomonidan Marg‘ilon shahar Obodonlashtirish boshqarmasi boshlig‘i nomiga rasmiy deputat so‘rovi kiritildi.

Mazkur masalalarning ijrosi deputatlik nazoratiga olindi.

Slide 1 of 1