Yig‘ilishda shahar Kengashi kotibiyati mudiri A.Ermatov, doimiy komissiya a’zolari, ekspert-maslahat guruhi hamda Yoshlar maslahat guruhi vakillari ishtirok etdi. Majlisga doimiy komissiya raisi Z.Domilayev raislik qildi.
Kun tartibiga muvofiq, Marg‘ilon shahar Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi bo‘limi boshlig‘i N.G‘ulomov tomonidan "Mening bog‘im" loyihasining amalga oshirilishi yuzasidan hisobot taqdim etildi.
Hisobot davomida loyiha doirasida amalga oshirilgan ishlar, erishilgan natijalar hamda kelgusidagi ustuvor vazifalar haqida batafsil ma’lumot berildi.
Muhokamalar jarayonida deputatlar hisobot yuzasidan o‘zlarini qiziqtirgan savollarni berib, mavjud muammolar va ularni bartaraf etish bo‘yicha taklif hamda tavsiyalarini bildirdilar.
Yig‘ilish yakunida kun tartibidagi masala yuzasidan tegishli qaror qabul qilinib, mas’ul tashkilotlarga belgilangan vazifalarni o‘z vaqtida va sifatli amalga oshirish bo‘yicha tegishli topshiriqlar berildi.