Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
G‘OZG‘ON SHAHRIDA GIYOHVANDLIK VA KIBERJINOYATCHILIKKA QARSHI TARG‘IBOT TADBIRI O‘TKAZILDI
янв.21
Favqulodda vaziyatlarning oldini olish bo‘yicha targ‘ibot ishlari olib borildi
янв.21
Jinoyatchilikka qarshi kurashish holati o‘rganildi
янв.21
“Jismoniy tarbiya va sport to‘g‘risida”gi Qonun ijrosi asosida sport zali holati o‘rganildi
янв.21
Elektr ta’minoti korxonasi faoliyati sessiya oldi o‘rganildi
янв.21
Fuqarolar murojaati joyida o‘rganildi
янв.21
Yangi Dehqon bozori qurilishi doimiy nazoratda
янв.21
Bozordagi narx-navolar va mahsulotlar yetarliligi o‘rganildi
янв.21
“Chiqindilar to‘g‘risida”gi Qonun ijrosi o‘rganildi
янв.21
“Dolzarb 90 kun” tadbiri davom etmoqda
“Yod yetishmasligi kasalliklari profilaktikasi to‘g‘risida”gi Qonun ijrosi o‘rganildi

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi 4-“Oq oltin” saylov okrugi deputati F.Mamajonov tomonidan Qo‘qon shahar 10-sonli oilaviy poliklinikasida O‘zbekiston Respublikasining “Yod yetishmasligi kasalliklari profilaktikasi to‘g‘risida”gi Qonuni ijrosi yuzasidan o‘rganish ishlari olib borildi.

O‘rganish jarayonida Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi kotibiyati mudiri A.Nosirov hamda kotibiyat bosh mutaxassisi A.Adhamov ishtirok etib, amaliy ko‘mak ko‘rsatdi.

O‘rganish davomida poliklinikada yod tanqisligi kasalliklarining oldini olish borasida amalga oshirilayotgan profilaktik tadbirlar, aholi, ayniqsa homilador ayollar va bolalar o‘rtasida olib borilayotgan tibbiy ko‘riklar hamda targ‘ibot ishlari bilan yaqindan tanishildi.

Shuningdek, muassasaning yod preparatlari bilan ta’minlanganligi, tibbiyot xodimlari tomonidan qonun talablarining amaliyotga tatbiq etilishi va aholiga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmatlar holati yuzasidan mas’ullar bilan fikr almashildi.

O‘rganish yakunida qonun ijrosini yanada samarali tashkil etish, profilaktik tadbirlar qamrovini kengaytirish hamda aholining sog‘lig‘ini mustahkamlashga qaratilgan ishlarni izchil davom ettirish bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi.

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi

Slide 1 of 5