Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
G‘OZG‘ON SHAHRIDA GIYOHVANDLIK VA KIBERJINOYATCHILIKKA QARSHI TARG‘IBOT TADBIRI O‘TKAZILDI
янв.21
Favqulodda vaziyatlarning oldini olish bo‘yicha targ‘ibot ishlari olib borildi
янв.21
Jinoyatchilikka qarshi kurashish holati o‘rganildi
янв.21
“Jismoniy tarbiya va sport to‘g‘risida”gi Qonun ijrosi asosida sport zali holati o‘rganildi
янв.21
Elektr ta’minoti korxonasi faoliyati sessiya oldi o‘rganildi
янв.21
Fuqarolar murojaati joyida o‘rganildi
янв.21
Bozordagi narx-navolar va mahsulotlar yetarliligi o‘rganildi
янв.21
“Chiqindilar to‘g‘risida”gi Qonun ijrosi o‘rganildi
янв.21
Yangi Dehqon bozori qurilishi doimiy nazoratda
янв.21
“Dolzarb 90 kun” tadbiri davom etmoqda
Yoshlarga oid dolzarb masalalar yuzasidan ochiq muloqot o‘tkazildi

#deputatlar_nazorati #poytaxtdeputatlari #deputatlik_faoliyati

❗️Yoshlarga oid dolzarb masalalar yuzasidan ochiq muloqot o‘tkazildi

🏛 Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi deputati Jamila Shermuhammedova tomonidan Toshkent davlat farmatsevtika universitetida talaba-yoshlar bilan yoshlarga oid dolzarb masalalar yuzasidan ochiq muloqot tashkil etildi.

💬 Uchrashuv davomida yoshlarning ilm-fanga bo‘lgan qiziqishini oshirish, bandligini ta’minlash, ma’naviy-axloqiy tarbiyasini mustahkamlash, huquqiy madaniyatini yuksaltirish hamda jamiyat hayotidagi faolligini kuchaytirish masalalari muhokama qilindi. Shuningdek, mamlakatimizda yoshlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularning salohiyatini ro‘yobga chiqarish va zamonaviy bilim hamda kasb-hunar egallashi uchun yaratilayotgan imkoniyatlar haqida batafsil so‘z yuritildi.

📚 Ochiq muloqot davomida talaba-yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan faol ishtirok etib, ularga atroflicha javoblar berildi. Interfaol ruhda tashkil etilgan uchrashuv yoshlarning Vatanga sadoqat, milliy qadriyatlarga hurmat va fuqarolik mas’uliyatini yanada mustahkamlashga xizmat qildi.

🔎 Tadbirda mahalliy Kengash deputatlari faoliyatining ustuvor yo‘nalishlari doirasida yoshlar bandligi, ularning ijtimoiy faolligini oshirish, huquqbuzarliklarning oldini olish hamda yoshlarni ma’naviy barkamol shaxs sifatida voyaga yetkazish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

🤝 Uchrashuv yakunida bunday ochiq muloqotlar yoshlarning bilim va dunyoqarashini kengaytirish, ularni jamiyat hayotida faol ishtirok etishga undash hamda kelgusida hamkorlikni yanada mustahkamlashda muhim ahamiyat kasb etishi ta’kidlandi.

📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook 📱 YouTube 🔎 E-kengash

Slide 1 of 5