Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
G‘OZG‘ON SHAHRIDA GIYOHVANDLIK VA KIBERJINOYATCHILIKKA QARSHI TARG‘IBOT TADBIRI O‘TKAZILDI
янв.21
Favqulodda vaziyatlarning oldini olish bo‘yicha targ‘ibot ishlari olib borildi
янв.21
Jinoyatchilikka qarshi kurashish holati o‘rganildi
янв.21
“Jismoniy tarbiya va sport to‘g‘risida”gi Qonun ijrosi asosida sport zali holati o‘rganildi
янв.21
Elektr ta’minoti korxonasi faoliyati sessiya oldi o‘rganildi
янв.21
Fuqarolar murojaati joyida o‘rganildi
янв.21
Yangi Dehqon bozori qurilishi doimiy nazoratda
янв.21
“Chiqindilar to‘g‘risida”gi Qonun ijrosi o‘rganildi
янв.21
Bozordagi narx-navolar va mahsulotlar yetarliligi o‘rganildi
янв.21
“Dolzarb 90 kun” tadbiri davom etmoqda
🏛 “Yoshlarga oid davlat siyosati to‘g‘risida”gi Qonun ijrosi deputat nazoratida

🇺🇿 O‘zbekiston Respublikasining “Yoshlarga oid davlat siyosati to‘g‘risida”gi Qonuni (O‘RQ–406) ijrosini ta’minlash maqsadida Xalq deputatlari Xorazm viloyati va Shovot tumani Kengashlari deputati E.Dushamov, Xalq deputatlari Shovot tumani Kengashi kotibiyati mudiri I.Masharipov hamda kotibiyat xodimi U.Ruzmetov ishtirokida deputatning saylov okrugi — Mevazor mahallasida yoshlar yetakchisi S.Matyusupov faoliyati joyiga chiqib o‘rganildi.
📋 O‘rganish davomida yoshlar yetakchisi tomonidan joriy yilning bugungi kuniga qadar yoshlar bandligini ta’minlash, ularni kasb-hunarga yo‘naltirish hamda tadbirkorlikni rivojlantirish borasida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan hisobot tinglandi.
✅ Amalga oshirilgan ishlar natijasida:
🎓 16 nafar ishsiz yosh bilan manzilli ishlash yo‘lga qo‘yilgan;
📚 9 nafari kasb-hunarga o‘qitilgan;
💼 3 nafari doimiy ish bilan ta’minlangan;
✈️ 2 nafari yuqori daromadli ish o‘rinlariga mehnat migratsiyasiga yuborilgan;
💳 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ–62-son qarori asosida 1 nafar yoshga 60 million so‘m miqdorida imtiyozli kredit ajratilib, tadbirkorlik faoliyatini boshlashi uchun amaliy ko‘mak berilgan;
🚀 PQ–60-son qarori asosida esa 2 nafar yoshga jami 100 million so‘m miqdorida imtiyozli kredit ajratilgan.
🔎 O‘rganish jarayonida yoshlar bilan ishlash tizimining samaradorligi, ularning bandligini ta’minlash, kasb-hunarga o‘qitish, tadbirkorlikka keng jalb etish hamda davlat dasturlarining ijrosi atroflicha tahlil qilindi. Shuningdek, mavjud imkoniyatlardan yanada samarali foydalanish, yoshlarning tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash va belgilangan ko‘rsatkichlarni oshirish yuzasidan tegishli tavsiya hamda takliflar berildi.
🤝 Yoshlar manfaatlarini ta’minlash, ularning bandligini oshirish va davlat dasturlari ijrosi ustidan samarali deputatlik nazoratini amalga oshirish borasidagi o‘rganishlar tizimli ravishda davom ettiriladi.

Slide 1 of 4