Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
G‘OZG‘ON SHAHRIDA GIYOHVANDLIK VA KIBERJINOYATCHILIKKA QARSHI TARG‘IBOT TADBIRI O‘TKAZILDI
янв.21
Favqulodda vaziyatlarning oldini olish bo‘yicha targ‘ibot ishlari olib borildi
янв.21
Jinoyatchilikka qarshi kurashish holati o‘rganildi
янв.21
“Jismoniy tarbiya va sport to‘g‘risida”gi Qonun ijrosi asosida sport zali holati o‘rganildi
янв.21
Fuqarolar murojaati joyida o‘rganildi
янв.21
Elektr ta’minoti korxonasi faoliyati sessiya oldi o‘rganildi
янв.21
Bozordagi narx-navolar va mahsulotlar yetarliligi o‘rganildi
янв.21
“Dolzarb 90 kun” tadbiri davom etmoqda
янв.21
“Chiqindilar to‘g‘risida”gi Qonun ijrosi o‘rganildi
янв.21
Yangi Dehqon bozori qurilishi doimiy nazoratda
DEPUTAT TOMONIDAN HUDUDDAGI INVESTITSIYA LOYIHALARI VA YANGI ISH O‘RINLARI HOLATI O‘RGANILDI

Xalq deputatlari Parkent tuman Kengashiga 20-“Ulug‘bek” saylov okrugidan saylangan deputat Sultonov Azimjon O‘ktam o‘g‘li tomonidan o‘zi saylangan hududda jamoatchilik nazorati doirasida “DILFUZA DIZAYN” ishlab chiqarish korxonasi faoliyati o‘rganildi.O‘rganish davomida korxonada xodimlar uchun yaratilgan mehnat sharoitlari, ish haqlarining o‘z vaqtida to‘lanishi hamda mavjud ish o‘rinlari holati yuzasidan xotin-qizlar bilan muloqotlar o‘tkazildi.Shuningdek, hududdagi korxonalarning investitsion faoliyati tahlil qilinib,sanoatni rivojlantirish, investitsiyalarni jalb etish va yangi ish o‘rinlari yaratish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar baholandi.Jarayonda “DILFUZA DIZAYN” korxonasi hududdagi istiqbolli investitsiya loyihalaridan biri sifatida e’tirof etildi. Ayni paytda korxonada 64 nafar xodim doimiy ish bilan ta’minlangan.Mazkur loyiha, ayniqsa, xotin-qizlarni iqtisodiy faoliyatga keng jalb etish, ularning bandligini ta’minlash hamda barqaror daromad manbaiga ega bo‘lishida muhim ahamiyat kasb etmoqda. Korxona faoliyati hududning iqtisodiy salohiyatini oshirish va aholi farovonligini ta’minlashga munosib hissa qo‘shmoqda.  

Slide 1 of 4