Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
G‘OZG‘ON SHAHRIDA GIYOHVANDLIK VA KIBERJINOYATCHILIKKA QARSHI TARG‘IBOT TADBIRI O‘TKAZILDI
янв.21
Favqulodda vaziyatlarning oldini olish bo‘yicha targ‘ibot ishlari olib borildi
янв.21
Jinoyatchilikka qarshi kurashish holati o‘rganildi
янв.21
“Jismoniy tarbiya va sport to‘g‘risida”gi Qonun ijrosi asosida sport zali holati o‘rganildi
янв.21
Elektr ta’minoti korxonasi faoliyati sessiya oldi o‘rganildi
янв.21
Fuqarolar murojaati joyida o‘rganildi
янв.21
Bozordagi narx-navolar va mahsulotlar yetarliligi o‘rganildi
янв.21
Yangi Dehqon bozori qurilishi doimiy nazoratda
янв.21
“Chiqindilar to‘g‘risida”gi Qonun ijrosi o‘rganildi
янв.21
“Dolzarb 90 kun” tadbiri davom etmoqda
Xo‘jamushkent qishlog‘idagi artezian quduqlari holati o‘rganildi

Xalq deputatlari tuman Kengashi raisi, deputat X.Tilakov, tuman Kengashi kotibiyati mudiri, deputat V.Xasanov, tuman Kengashi deputati A.Isroilov Xo‘jamushkent qishlog‘ida aholini toza ichimlik suvi bilan ta’minlash maqsadida qurib bitkazilgan 5 ta artezian qudug‘ining holati o‘rganildi.

O‘rganish davomida mazkur quduqlarning texnik holati, foydalanish jarayonlari hamda aholiga xizmat ko‘rsatish imkoniyatlari ko‘zdan kechirildi.

Aniqlanishicha, ayni paytda ushbu quduqlarning 4 tasida hududiy elektr tarmoqlari korxonasi bilan foydalanuvchi fuqarolar o‘rtasida shartnoma tuzilmaganligi sababli ulardan foydalanish imkoni bo‘lmayapti.

Deputatlar tomonidan mazkur masala yuzasidan mutasaddi rahbarlardan tegishli izoh olish, muammoni bartaraf etish choralarini ko‘rish maqsadida deputat so‘rovi yuborilishi bildirildi.

Slide 1 of 2