Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
G‘OZG‘ON SHAHRIDA GIYOHVANDLIK VA KIBERJINOYATCHILIKKA QARSHI TARG‘IBOT TADBIRI O‘TKAZILDI
янв.21
Favqulodda vaziyatlarning oldini olish bo‘yicha targ‘ibot ishlari olib borildi
янв.21
Jinoyatchilikka qarshi kurashish holati o‘rganildi
янв.21
“Jismoniy tarbiya va sport to‘g‘risida”gi Qonun ijrosi asosida sport zali holati o‘rganildi
янв.21
Elektr ta’minoti korxonasi faoliyati sessiya oldi o‘rganildi
янв.21
Fuqarolar murojaati joyida o‘rganildi
янв.21
“Dolzarb 90 kun” tadbiri davom etmoqda
янв.21
Bozordagi narx-navolar va mahsulotlar yetarliligi o‘rganildi
янв.21
“Chiqindilar to‘g‘risida”gi Qonun ijrosi o‘rganildi
янв.21
Yangi Dehqon bozori qurilishi doimiy nazoratda
Uchtepa tumanida yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlash masalalari muhokama qilindi

#deputatlar_nazorati #poytaxtdeputatlari #deputatlik_faoliyati

❗️ Uchtepa tumanida yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlash masalalari muhokama qilindi

🏛 Uchtepa tumani “Davlatobod” mahallasida joylashgan “Oila va xotin-qizlar maskani”da yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlash, oilaviy qadriyatlarni mustahkamlash hamda yosh oilalarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash masalalariga bag‘ishlangan seminar bo‘lib o‘tdi.

📝 O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 19-maydagi 257-son qarori ijrosi doirasida tashkil etilgan tadbirda Bosh vazir o‘rinbosari, Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi raisi Z. Mahkamova, Toshkent shahar hokimining o‘rinbosari Sh. Sultanova, tegishli boshqarma va tashkilotlar rahbarlari qatorida Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi deputati Muxtor Ilhomov ham ishtirok etdi.

💬 Seminar davomida yoshlarni oilaviy hayotga puxta tayyorlash, mas’uliyatli ota-onalik madaniyatini shakllantirish, yosh oilalar o‘rtasida ajrimlarning oldini olish, xotin-qizlar va yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, oilalarda sog‘lom ma’naviy muhitni mustahkamlash masalalari yuzasidan atroflicha fikr almashildi.

🔺 Tadbirda yoshlar bilan ishlash samaradorligini oshirish, ularning bandligini ta’minlash, ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash tizimini kuchaytirish, mahallalarda xotin-qizlar va yoshlar masalalari bo‘yicha olib borilayotgan ishlarni yanada takomillashtirish yuzasidan muhim taklif va tavsiyalar ilgari surildi.

🤝 Muxtor Ilhomov o‘z chiqishida mustahkam oila jamiyat taraqqiyotining asosiy omillaridan biri ekanini ta’kidlab, yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlash, ularda mas’uliyat hissini shakllantirish hamda milliy va oilaviy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalash bugungi kunning dolzarb vazifalaridan biri ekanligini qayd etdi.

✅ Tadbir yakunida mutasaddilar tomonidan yosh oilalarni qo‘llab-quvvatlash, oilaviy maslahat xizmatlari faoliyatini kengaytirish hamda oilalarda sog‘lom va barqaror muhitni ta’minlashga qaratilgan ishlarni yanada kuchaytirish bo‘yicha kelgusi vazifalar belgilab olindi.

📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook 📱 YouTube 🔎 E-kengash

Slide 1 of 10