Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
G‘OZG‘ON SHAHRIDA GIYOHVANDLIK VA KIBERJINOYATCHILIKKA QARSHI TARG‘IBOT TADBIRI O‘TKAZILDI
янв.21
Favqulodda vaziyatlarning oldini olish bo‘yicha targ‘ibot ishlari olib borildi
янв.21
Jinoyatchilikka qarshi kurashish holati o‘rganildi
янв.21
“Jismoniy tarbiya va sport to‘g‘risida”gi Qonun ijrosi asosida sport zali holati o‘rganildi
янв.21
Elektr ta’minoti korxonasi faoliyati sessiya oldi o‘rganildi
янв.21
Fuqarolar murojaati joyida o‘rganildi
янв.21
Bozordagi narx-navolar va mahsulotlar yetarliligi o‘rganildi
янв.21
“Chiqindilar to‘g‘risida”gi Qonun ijrosi o‘rganildi
янв.21
Yangi Dehqon bozori qurilishi doimiy nazoratda
янв.21
“Dolzarb 90 kun” tadbiri davom etmoqda
Xalq deputatlari Boyovut tumani Kengashi

Yettinchi chaqiriq Xalq deputatlari Boyovut tumani Kengashining navbatdagi yigirma yettinchi sessiyasi kun tartibiga kiritilgan masalalar yuzasidan Kengash huzuridagi Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha doimiy komissiya yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilishda Boyovut tumani “Olmazor” mahallasi fuqarolar yig‘ini raisining mahalla yettiligi faoliyatini muvofiqlashtirish hamda mahalla yettiligi tomonidan amalga oshirilgan ishlar va erishilgan natijalar yuzasidan axboroti eshitildi.

Muhokamalar davomida mahallada aholi muammolarini hal etish, ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolarni qo‘llab-quvvatlash, yoshlar bandligini ta’minlash, xotin-qizlar bilan ishlash hamda hududni obodonlashtirish borasida amalga oshirilgan ishlar tahlil qilindi. Shuningdek, mavjud kamchiliklar va ularni bartaraf etish bo‘yicha takliflar bildirildi.

Yig‘ilish yakunida kun tartibidagi masala yuzasidan tegishli tavsiyalar ishlab chiqilib, mazkur masalani Xalq deputatlari Boyovut tumani Kengashining navbatdagi sessiyasida ko‘rib chiqish uchun tavsiya etish to‘g‘risida qaror qabul qilindi.

Slide 1 of 8