Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
G‘OZG‘ON SHAHRIDA GIYOHVANDLIK VA KIBERJINOYATCHILIKKA QARSHI TARG‘IBOT TADBIRI O‘TKAZILDI
янв.21
Favqulodda vaziyatlarning oldini olish bo‘yicha targ‘ibot ishlari olib borildi
янв.21
Jinoyatchilikka qarshi kurashish holati o‘rganildi
янв.21
“Jismoniy tarbiya va sport to‘g‘risida”gi Qonun ijrosi asosida sport zali holati o‘rganildi
янв.21
Fuqarolar murojaati joyida o‘rganildi
янв.21
Elektr ta’minoti korxonasi faoliyati sessiya oldi o‘rganildi
янв.21
“Chiqindilar to‘g‘risida”gi Qonun ijrosi o‘rganildi
янв.21
“Dolzarb 90 kun” tadbiri davom etmoqda
янв.21
Yangi Dehqon bozori qurilishi doimiy nazoratda
янв.21
Bozordagi narx-navolar va mahsulotlar yetarliligi o‘rganildi
SamDPIda “Yoshlar – sog‘lom turmush tarafdori” shiori ostida mini futbol musobaqasi o‘tkazildi.

 Tadbirda O‘zbekiston XDP Samarqand viloyat Kengashi raisi Badriddin Nasriyev, O‘zbekiston XDP Samarqand shahar Kengashi raisi Rahmatillo Hakimov, Samarqand davlat pedagogika instituti rektori, Xalq deputatlari Samarqand shahar Kengashi deputati Shahzoda Negmatova, shuningdek, Yoshlar parlamentlari a’zolari, mas’ul mutasaddilar hamda talabalar ishtirok etdi.
 

 Tadbir davomida deputat Shahzoda Negmatova yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, sportga bo‘lgan qiziqishni oshirish hamda ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish bugungi kunning muhim vazifalaridan biri ekanligini ta’kidladi.

Musobaqa qizg‘in va murosasiz bahslar ruhida o‘tdi. Ishtirokchilar sport mahorati, jamoaviy hamjihatlik va g‘alabaga bo‘lgan intilishlarini namoyon etdilar.

Yakunda g‘olib jamoalar tashkilotchilar tomonidan kubok, diplom va medallar bilan taqdirlandi.

Sport — sog‘lom avlod va porloq kelajak garovi!