Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
G‘OZG‘ON SHAHRIDA GIYOHVANDLIK VA KIBERJINOYATCHILIKKA QARSHI TARG‘IBOT TADBIRI O‘TKAZILDI
янв.21
Favqulodda vaziyatlarning oldini olish bo‘yicha targ‘ibot ishlari olib borildi
янв.21
Jinoyatchilikka qarshi kurashish holati o‘rganildi
янв.21
“Jismoniy tarbiya va sport to‘g‘risida”gi Qonun ijrosi asosida sport zali holati o‘rganildi
янв.21
Fuqarolar murojaati joyida o‘rganildi
янв.21
Elektr ta’minoti korxonasi faoliyati sessiya oldi o‘rganildi
янв.21
“Chiqindilar to‘g‘risida”gi Qonun ijrosi o‘rganildi
янв.21
“Dolzarb 90 kun” tadbiri davom etmoqda
янв.21
Yangi Dehqon bozori qurilishi doimiy nazoratda
янв.21
Bozordagi narx-navolar va mahsulotlar yetarliligi o‘rganildi
Shahrimizning ko‘rinmas qahramonlari

 Har tong ishga, o‘qishga yoki kundalik yumushlarimiz sari shoshilar ekanmiz, ozoda ko‘chalar, suv sepilib fayz kirgan yo‘laklar va atrofga taralgan gul iforidan bahramand bo‘lamiz.

Ammo bu ozodalik va go‘zallik ortida shahrimizning ko‘rinmas qahramonlari — obodonlashtirish xodimlarining mashaqqatli mehnati mujassam. Ular tong yorishmasidan ish boshlaydi, issiq-sovuq, yomg‘ir-qor demay shahrimiz obodligi va ozodaligi yo‘lida sidqidildan xizmat qiladi.

Ularning sa’y-harakatlari tufayli ko‘chalarimiz ozoda, yashil hududlarimiz ko‘rkam, mahallalarimiz esa yanada fayzli va jozibador qiyofa kasb etmoqda.

Obodonlashtirish xodimlarining mehnatini qadrlash, ularga hurmat bilan munosabatda bo‘lish va shahar tozaligini saqlashga o‘z hissamizni qo‘shish barchamizning fuqarolik burchimizdir.

Toza va obod shahar — unda yashayotgan har bir insonning madaniyati, mas’uliyati va Vatanga bo‘lgan mehrining ifodasidir.