Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
G‘OZG‘ON SHAHRIDA GIYOHVANDLIK VA KIBERJINOYATCHILIKKA QARSHI TARG‘IBOT TADBIRI O‘TKAZILDI
янв.21
Favqulodda vaziyatlarning oldini olish bo‘yicha targ‘ibot ishlari olib borildi
янв.21
Jinoyatchilikka qarshi kurashish holati o‘rganildi
янв.21
“Jismoniy tarbiya va sport to‘g‘risida”gi Qonun ijrosi asosida sport zali holati o‘rganildi
янв.21
Elektr ta’minoti korxonasi faoliyati sessiya oldi o‘rganildi
янв.21
Fuqarolar murojaati joyida o‘rganildi
янв.21
Bozordagi narx-navolar va mahsulotlar yetarliligi o‘rganildi
янв.21
“Chiqindilar to‘g‘risida”gi Qonun ijrosi o‘rganildi
янв.21
Yangi Dehqon bozori qurilishi doimiy nazoratda
янв.21
“Dolzarb 90 kun” tadbiri davom etmoqda
HILOL MAHALLASIDA IJTIMOIY HIMOYA TIZIMI O‘RGANILDI

Xalq deputatlari Urganch tumani Kengashi deputati Dilshod Narbayev tomonidan Hilol mahallasida ijtimoiy himoya tizimi bo‘yicha o‘rganish ishlari olib borildi.
Ma’lum bo‘lishicha, bugungi kunda mahallada 121 ta oila “Ijtimoiy reyestr”da ro‘yxatda turibdi. Yil boshidan buyon “Saxovat va ko‘mak” jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan 23 ta oilaga yordam ko‘rsatilib, shundan 18 ta oilaga oziq-ovqat mahsulotlari uchun 7,2 mln so‘m, 5 ta oilaga esa kiyim-kechak xaridi uchun 10,1 mln so‘m mablag‘ ajratilgan.
Shuningdek, “Ijtimoiy reyestr”dagi oilalarning 26 tasi davlat ta’minotidagi oilalar, 94 tasi kambag‘al oilalar hamda 3 tasi kambag‘allik chegarasidagi oilalar toifasiga kiradi.
✅ O‘rganish davomida ehtiyojmand oilalarni qo‘llab-quvvatlash va ijtimoiy himoya choralarining samaradorligini oshirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Slide 1 of 4