Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
G‘OZG‘ON SHAHRIDA GIYOHVANDLIK VA KIBERJINOYATCHILIKKA QARSHI TARG‘IBOT TADBIRI O‘TKAZILDI
янв.21
Favqulodda vaziyatlarning oldini olish bo‘yicha targ‘ibot ishlari olib borildi
янв.21
Jinoyatchilikka qarshi kurashish holati o‘rganildi
янв.21
“Jismoniy tarbiya va sport to‘g‘risida”gi Qonun ijrosi asosida sport zali holati o‘rganildi
янв.21
Elektr ta’minoti korxonasi faoliyati sessiya oldi o‘rganildi
янв.21
Fuqarolar murojaati joyida o‘rganildi
янв.21
“Chiqindilar to‘g‘risida”gi Qonun ijrosi o‘rganildi
янв.21
Yangi Dehqon bozori qurilishi doimiy nazoratda
янв.21
“Dolzarb 90 kun” tadbiri davom etmoqda
янв.21
Bozordagi narx-navolar va mahsulotlar yetarliligi o‘rganildi
“TINCHLIK” MAHALLASIDA HAMKORLIK VA XAVFSIZLIK NAZORATDA: FAOLLAR FAOLIYATI “24 TA ENG MUHIM YO‘NALISH” DOIRASIDA TAHLIL QILINDI

Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashi deputati X.Jurayev o‘z saylov okrugiga qarashli “Tinchlik” mahallasida bo‘lib, mahalla hayotida muhim o‘rin tutuvchi mas’ullar:
🟢Hokim yordamchisi;
🟢Ijtimoiy xodim;
🟢Profilaktika inspektori;
🟢Yoshlar yetakchisining bugungi kunda amalga oshirayotgan ishlari bilan yaqindan tanishdi.

⏺Tadbir davomida mahalla hayoti va osoyishtaligini ta’minlovchi ushbu muhim bo‘g‘inlar faoliyati mahalliy Kengash deputatlari uchun belgilangan “24 ta eng muhim yo‘nalish” mezonlari doirasida tahlil qilindi.

⏺Xususan:
💬Iqtisodiyot va bandlik (Hokim yordamchisi): Mahallada kambag‘allikni qisqartirish, oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish va aholini daromadli mehnat bilan band qilish ko‘rsatkichlari;

💬 Ijtimoiy himoya (Ijtimoiy xodim): Ehtiyojmand oilalar, yolg‘iz keksalar va nogironligi bo‘lgan shaxslarga "Inson" ijtimoiy xizmatlar markazi orqali ko‘rsatilayotgan manzilli ko‘mak tizimi;

💬 Xavfsizlik va tartib (Profilaktika inspektori): Mahallada huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish, jamoat tartibini saqlash va jinoyatchilikdan xoli hududga aylantirish borasidagi ishlar;

💬 Yoshlar siyosati (Yoshlar yetakchisi): Yoshlarni foydali mehnatga va tadbirkorlikka jalb etish, ularning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish chora-tadbirlari atroflicha ko‘rib chiqildi.

💬 Deputat o‘rganish yakunida ushbu to‘rtta bo‘g‘inning o‘zaro hamkorligini yanada mustahkamlash, rasmiyatchilikdan qochgan holda bevosita "xonadonbay" ishlash tizimini kuchaytirish hamda aholi murojaatlarini tezkor hal etish yuzasidan zaruriy tavsiyalar va metodik ko‘rsatmalar berdi.

Slide 1 of 3