Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
G‘OZG‘ON SHAHRIDA GIYOHVANDLIK VA KIBERJINOYATCHILIKKA QARSHI TARG‘IBOT TADBIRI O‘TKAZILDI
янв.21
Favqulodda vaziyatlarning oldini olish bo‘yicha targ‘ibot ishlari olib borildi
янв.21
Jinoyatchilikka qarshi kurashish holati o‘rganildi
янв.21
“Jismoniy tarbiya va sport to‘g‘risida”gi Qonun ijrosi asosida sport zali holati o‘rganildi
янв.21
Elektr ta’minoti korxonasi faoliyati sessiya oldi o‘rganildi
янв.21
Fuqarolar murojaati joyida o‘rganildi
янв.21
Bozordagi narx-navolar va mahsulotlar yetarliligi o‘rganildi
янв.21
“Chiqindilar to‘g‘risida”gi Qonun ijrosi o‘rganildi
янв.21
Yangi Dehqon bozori qurilishi doimiy nazoratda
янв.21
“Dolzarb 90 kun” tadbiri davom etmoqda
"KAMBAG'ALLIKDAN FAROVONLIK SARI" DASTURI AMALDA

Xalq deputatlari Urganch shahar Kengashi raisi, deputat P.Ro'ziboyev Kambag'allikdan farovonlik sari dasturi doirasida shahardagi "Yuqoribog‘" mahallasidagi bir guruh extiyojmand oilalar vakillari bilan uchrashdi. 

Uchrashuv davomida dastur doirasida amalga oshirilayotgan islohotlarning mazmun-mohiyati, xususan, ehtiyojmand oilalarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, ularning daromad manbalarini yaratish va bandligini ta’minlash masalalari atroflicha muhokama qilindi.

Fuqarolar bilan suhbat jarayonida deputat P.Ro'ziboyev har bir oilaning yashash sharoiti, muammolari va takliflarini yakka tartibda tingladi. Muloqot davomida asosan o‘z xonadonida kichik biznes yoki hunarmandchilikni yo‘lga qo‘ymoqchi bo‘lgan fuqarolarga imtiyozli kreditlar va subsidiyalar ajratish, ishsiz oila a’zolarini mavjud bo‘sh ish o‘rinlariga joylashtirish hamda zamonaviy kasb-hunarlarga qayta o‘qitish
bo‘yicha aniq choralar belgilash hamda tibbiy xizmatga muhtoj, nogironligi bor yoki uy-joy sharoitini yaxshilashni so‘rab murojaat qilgan oilalarning masalalari joyida o‘rganilib, ijrosi nazoratga olindi.
 

Uchrashuv yakunida Kengash raisi shunchaki moddiy yordam berish emas, balki oilalarni "oyoqqa turg‘azish", ularning o‘z daromadlariga ega bo‘lishi uchun sharoit yaratish asosiy maqsad ekanligini ta’kidladi. Aniqlangan muammolar yechimi bo‘yicha tegishli mutasaddi tashkilotlarga deputatlik so‘rovlari
yuborilishi va har bir murojaat natijasi shaxsan nazorat qilinishi belgilab olindi.
 

Slide 1 of 2