Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
G‘OZG‘ON SHAHRIDA GIYOHVANDLIK VA KIBERJINOYATCHILIKKA QARSHI TARG‘IBOT TADBIRI O‘TKAZILDI
янв.21
Favqulodda vaziyatlarning oldini olish bo‘yicha targ‘ibot ishlari olib borildi
янв.21
Jinoyatchilikka qarshi kurashish holati o‘rganildi
янв.21
“Jismoniy tarbiya va sport to‘g‘risida”gi Qonun ijrosi asosida sport zali holati o‘rganildi
янв.21
Elektr ta’minoti korxonasi faoliyati sessiya oldi o‘rganildi
янв.21
Fuqarolar murojaati joyida o‘rganildi
янв.21
Bozordagi narx-navolar va mahsulotlar yetarliligi o‘rganildi
янв.21
“Chiqindilar to‘g‘risida”gi Qonun ijrosi o‘rganildi
янв.21
Yangi Dehqon bozori qurilishi doimiy nazoratda
янв.21
“Dolzarb 90 kun” tadbiri davom etmoqda
Kengash qaror ijrosi oʻrganildi: Akademik eshkak eshish bazasi qurilishi bo‘yicha o‘rganish o‘tkazildi.

Kengash qaror ijrosi oʻrganildi: Akademik eshkak eshish bazasi qurilishi bo‘yicha o‘rganish o‘tkazildi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 7-apreldagi “Sirdaryo viloyatini 2026-yilda kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-132-sonli qarori hamda Xalq deputatlari Boyovut tumani Kengashining 2026-yil 2-iyundagi VII-26-54-9-123-K/26-son qaroriga asosan Boyovut tumanida Akademik eshkak eshish bazasini barpo etish uchun Sirdaryo viloyat hokimligi huzuridagi “Yagona buyurtmachi xizmati” DUKga 295 million 338 ming so‘m mablag‘ ajratilgan.

Mazkur qaror ijrosi yuzasidan Xalq deputatlari Boyovut tumani Kengashi deputati A. Odilov hamda Kengash kotibiyati xodimlari tomonidan o‘rganish ishlari olib borildi.

O‘rganish davomida obyekt bo‘yicha qurilish ishlari hali boshlanmagani, hozirda qurilish-pudrat tashkilotini aniqlash bo‘yicha ochiq tender jarayoni davom etayotgani aniqlandi.

Mazkur loyiha ijrosi va ajratilgan mablag‘larning maqsadli hamda samarali sarflanishi yuzasidan deputatlik nazorati davom ettiriladi.

Slide 1 of 5