Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
G‘OZG‘ON SHAHRIDA GIYOHVANDLIK VA KIBERJINOYATCHILIKKA QARSHI TARG‘IBOT TADBIRI O‘TKAZILDI
янв.21
Favqulodda vaziyatlarning oldini olish bo‘yicha targ‘ibot ishlari olib borildi
янв.21
Jinoyatchilikka qarshi kurashish holati o‘rganildi
янв.21
“Jismoniy tarbiya va sport to‘g‘risida”gi Qonun ijrosi asosida sport zali holati o‘rganildi
янв.21
Fuqarolar murojaati joyida o‘rganildi
янв.21
Elektr ta’minoti korxonasi faoliyati sessiya oldi o‘rganildi
янв.21
“Dolzarb 90 kun” tadbiri davom etmoqda
янв.21
“Chiqindilar to‘g‘risida”gi Qonun ijrosi o‘rganildi
янв.21
Bozordagi narx-navolar va mahsulotlar yetarliligi o‘rganildi
янв.21
Yangi Dehqon bozori qurilishi doimiy nazoratda
MAHALLALARDA SPORT INFRATUZILMASI VA MAKTABLAR HOLATI O‘RGANILMOQDA

MAHALLALARDA SPORT INFRATUZILMASI VA MAKTABLAR HOLATI O‘RGANILMOQDA

Sog‘lom tana — sog‘lom kelajak poydevori”. Mahalliy Kengash deputatlari faoliyatining eng muhim yo‘nalishlaridan biri bu — aholi, ayniqsa, yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish hamda ularni ommaviy sportga keng jalb qilishdir.

Shu munosabat bilan, tasdiqlangan tavsiyalar asosida mahallalarda aholi va bolalar uchun sport inshootlari, umumta’lim maktablarining sport zallari hamda ulardagi sport anjomlarining holatini ko‘zdan kechirish maqsadida navbatdagi o‘rganishlar tashkil etildi.

Xalq deputatlari Uzun tumani Kengashi kotibiyati mudiri O‘.Rajabov;
Hududiy okrugdan saylangan deputatlar;
Maktab ma’muriyati va mahalla faollari.

🔍 O‘rganish jarayonida nimalarga e’tibor qaratildi?
Ishchi guruh tomonidan maktabning sport kompleksi to‘liq ko‘zdan kechirilib, quyidagi masalalar tahlil qilindi:
🏋️‍♂️ Sport zallarining holati: Binoning isitish va yoritish tizimlari, sanitariya-gigiyena talablariga mosligi;
⚽️ Sport anjomlarining mavjudligi: Dars va to‘garak mashg‘ulotlari uchun zarur bo‘lgan jihozlar (to‘plar, gimnastika jihozlari, turniklar va b.) yetarliligi;
🤾‍♀️ Xavfsizlik choralari: Sport maydonchalari va zaldagi uskunalar bolalar sog‘lig‘i uchun xavfsiz o‘rnatilganligi