Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
G‘OZG‘ON SHAHRIDA GIYOHVANDLIK VA KIBERJINOYATCHILIKKA QARSHI TARG‘IBOT TADBIRI O‘TKAZILDI
янв.21
Favqulodda vaziyatlarning oldini olish bo‘yicha targ‘ibot ishlari olib borildi
янв.21
Jinoyatchilikka qarshi kurashish holati o‘rganildi
янв.21
“Jismoniy tarbiya va sport to‘g‘risida”gi Qonun ijrosi asosida sport zali holati o‘rganildi
янв.21
Elektr ta’minoti korxonasi faoliyati sessiya oldi o‘rganildi
янв.21
Fuqarolar murojaati joyida o‘rganildi
янв.21
“Dolzarb 90 kun” tadbiri davom etmoqda
янв.21
Bozordagi narx-navolar va mahsulotlar yetarliligi o‘rganildi
янв.21
“Chiqindilar to‘g‘risida”gi Qonun ijrosi o‘rganildi
янв.21
Yangi Dehqon bozori qurilishi doimiy nazoratda
Uchtepa tumanida navbatdagi deputatlik so'rovi chiqarildi

🇺🇿 Xalq deputatlari Uchtepa tumani Kengashining "9-Jurjoniy" saylov okrugi deputati Ismanov Jafar Xodjimuratovich tomonidan Uchtepa tumani hokimining o'rinbosari - Investitsiyalar, sanoat va savdo bo'limi boshlig'i S.Abdikarimovga deputatlik so'rovi chiqarildi.

⚠️ O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 21-apreldagi PQ-5088-sonli “Yoshlar sanoat va tadbirkorlik zonalari faoliyatini tashkil etish hamda yoshlarning tadbirkorlikka oid tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorida yoshlar sanoat zonalari yuzasidan belgilab berilgan asosiy vazifalari va ustuvor yo‘nalishlari bo'yicha quyidagi asosiy masalalar so'raldi:

✍️ Toshkent shahri Uchtepa tumani “Jurjoniy” mahallasi hududida tashkil etilishi belgilangan Yoshlar sanoat va tadbirkorlik zonasining bugungi kundagi holati;

✍️ mazkur hududda Yoshlar sanoat zonasini tashkil etish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar hamda bajarilmagan vazifalar to‘g‘risida;

✍️ qarorda nazarda tutilgan ichimlik suvi, elektr energiyasi, tabiiy gaz va avtomobil yo‘li infratuzilmalarini barpo etish ishlari qay darajada amalga oshirilgani;

✍️ muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlariga ulanish bo‘yicha mas’ul tashkilotlar tomonidan bajarilgan amaliy ishlar, ajratilgan mablag‘larning o‘zlashtirilishi hamda mavjud muammolar haqida asoslantirilgan ma’lumotlar haqida belgilangan muddatda yozma ravishda asosli javob yuborish so'ralmoqda.

🗣 Deputatlik so‘rovida ko‘tarilgan masala yuzasidan o‘rganish natijalari hamda amalga oshiriladigan ishlar bo‘yicha 10 kun muddatda asoslantirilgan ma’lumot taqdim etish talabi qo‘yilgan. Mazkur masala deputat tomonidan nazoratga olingan.

Slide 1 of 4