Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
G‘OZG‘ON SHAHRIDA GIYOHVANDLIK VA KIBERJINOYATCHILIKKA QARSHI TARG‘IBOT TADBIRI O‘TKAZILDI
янв.21
Favqulodda vaziyatlarning oldini olish bo‘yicha targ‘ibot ishlari olib borildi
янв.21
Jinoyatchilikka qarshi kurashish holati o‘rganildi
янв.21
“Jismoniy tarbiya va sport to‘g‘risida”gi Qonun ijrosi asosida sport zali holati o‘rganildi
янв.21
Elektr ta’minoti korxonasi faoliyati sessiya oldi o‘rganildi
янв.21
Fuqarolar murojaati joyida o‘rganildi
янв.21
“Dolzarb 90 kun” tadbiri davom etmoqda
янв.21
Bozordagi narx-navolar va mahsulotlar yetarliligi o‘rganildi
янв.21
“Chiqindilar to‘g‘risida”gi Qonun ijrosi o‘rganildi
янв.21
Yangi Dehqon bozori qurilishi doimiy nazoratda
#deputat_soʻrovi #shahardeputatlari #deputatlik_faoliyati

Shahardagi “Qo‘shhovuz” mahallasida aholi va mahalla yettiligi bilan o‘tkazilgan uchrashuv davomida hudud infratuzilmasi o‘rganilib, fuqarolar tomonidan bir qator muammolar ko‘tarildi. O‘zbekistonda ta’lim sifatini oshirish, maktablarni rekonstruksiya qilish va yangilarini qurish borasida ulkan ishlar amalga oshirilayotganiga qaramay, sanitariya va gigiyena, ichimlik suv bilan ta’minlash masalalari, afsuski, to‘la hal etilayotgancha yo‘q. Bolalar maktablarda toza suv va munosib sanitariya sharoitlaridan foydalanish huquqiga ega. Toza ichimlik suvi yo‘qligi bolalar sog‘lig‘iga va davomatga salbiy ta’sir ko‘rsatadi.

 4-Abdulxamid Majidiy saylov okrugi deputati Xakimov Nurmurod Abdumuradovich tomonidan Kattaqo‘rg‘on shahar “Qo‘shhovuz” mahallasida joylashgan 1-umumta’lim maktabida ichimlik suv ta’minoti o‘rganildi. Bugungi kunda maktabda 300 dan ortiq o‘quvchilar hamda 30 dan ortiq pedagog-xodimlar faoliyat yuritib kelmoqda. Eng achinarli holat ushbu maktab shahar markazida joylashishiga qaramasdan ichimlik suvi bilan ta’minlanmagan.

  Xalq deputatlari Kattaqo‘rg‘on shahar Kengashi deputati N.Xakimov tomonidan Samarqand suv ta’minoti MCHJ Kattaqo‘rg‘on shahar bo‘limi N.Mamadiyevga hamda Shahar Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi mudiri M.Bekovalarga deputatlik so‘rovi yuborildi.

  Deputatlik so‘rovida ko‘tarilgan masalalar yuzasidan o‘rganish natijalari hamda amalga oshiriladigan ishlar bo‘yicha 10 kun muddatda asoslantirilgan ma’lumot taqdim etish talabi qo‘yilgan. Mazkur masala deputat tomonidan nazoratga olingan.

Slide 1 of 1