Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
G‘OZG‘ON SHAHRIDA GIYOHVANDLIK VA KIBERJINOYATCHILIKKA QARSHI TARG‘IBOT TADBIRI O‘TKAZILDI
янв.21
Favqulodda vaziyatlarning oldini olish bo‘yicha targ‘ibot ishlari olib borildi
янв.21
Jinoyatchilikka qarshi kurashish holati o‘rganildi
янв.21
“Jismoniy tarbiya va sport to‘g‘risida”gi Qonun ijrosi asosida sport zali holati o‘rganildi
янв.21
Fuqarolar murojaati joyida o‘rganildi
янв.21
Elektr ta’minoti korxonasi faoliyati sessiya oldi o‘rganildi
янв.21
“Chiqindilar to‘g‘risida”gi Qonun ijrosi o‘rganildi
янв.21
“Dolzarb 90 kun” tadbiri davom etmoqda
янв.21
Yangi Dehqon bozori qurilishi doimiy nazoratda
янв.21
Bozordagi narx-navolar va mahsulotlar yetarliligi o‘rganildi
Deputat faoliyati

#Tashrif #Deputat_mahallada #24_tavsiya 

Xalq deputatlari Buloqboshi tumani Kengashi 4-Balandchek Sanoat saylov okrugi deputati N.Xudoyberdiyev hududda istiqomat qilayotgan qariyalar holidan xabar oldi. U tashrif davomida samimiy suhbat qurib, ularning muammolari, taklif va murojaatlarini diqqat bilan tingladi.

Uchrashuv jarayonida fuqarolarning ijtimoiy himoya, tibbiy xizmat sifati, kommunal xizmatlar va kundalik ehtiyojlar bilan bog‘liq masalalari muhokama qilindi. Deputat har bir murojaatni alohida qayd etib, ularni hal etish bo‘yicha tegishli tashkilotlar bilan hamkorlik qilishini ta’kidladi.

Shuningdek, qariyalar deputatning e’tibori va g‘amxo‘rligidan mamnun ekanliklarini bildirib, bunday uchrashuvlar ularning dardini eshitish va yechim topishda muhim ahamiyat kasb etishini aytishdi.

Mazkur tashrif aholi bilan ochiq muloqotni kuchaytirish, ijtimoiy muammolarni o‘rganish va ularni bartaraf etishga qaratilgan muhim qadamlardan biri hisoblanadi.

Xalq deputatlari Buloqboshi tumani Kengashi

t.me/kengash_buloqboshi   

https://www.facebook.com

Slide 1 of 2