Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
XALQ DEPUTATLARI G‘OZG‘ON SHAHAR KENGASHINING NAVBATDAGI O'N OLTINCHI SESSIYASI BO‘LIB O‘TDI
янв.21
G'OZG'ON SHAHRIDA “YASHIL MAKON” UMUMMILLIY LOYIHASI DOIRASIDA KUZGI DARAXT EKISH MAVSUMIGA START BERILDI.
янв.21
Kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik jarayoni o'rganildi.
янв.21
Sog‘lom turmush — qandli diabetga qarshi kurashish garovi
янв.21
KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK HOLATI DEPUTAT NAZORATIDA
янв.21
Deputat 1-sonli umumta’lim maktabining kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holatini o‘rgandi
янв.21
DEPUTATLIK FAOLIYATIDAN
янв.21
Tozalik oyligi — shaharda nazorat davom etmoqda
янв.21
Prezidentimizning Tojikistonga davlat tashrifi – do‘stlik va hamkorlikning yangi bosqichi
янв.21
1-oktabr – O‘qituvchi va murabbiylar kuni
YANGI O‘QUV YILIDA YANGI MAQSADLAR SARI

Konimex tumani 1-sonli umumta'lim maktabida birinchi qo‘ng‘iroqlar sadosi ostida yangi o‘quv yili boshlandi.

"Vatan uchun  millat uchun, xalq uchun" shiori ostida 2025-2026-yangi o‘quv yilining boshlanishi munosabati bilan o‘tkazilgan tadbirda халқ депутатлари туман Кенгаши раиси - tuman hokimi Ruslan Ro'ziyev ishtirok etdi.

Tadbir avvalida Davlat madhiyasi ijro etildi. So‘ngra tuman rahbari yangi o‘quv yili va "Bilimlar kuni" bilan o'quvchi yoshlarni, o‘qituvchilarni hamda tadbir ishtirokchilarini tabrikladi. Joriy yilda birinchi sinfga qabul qilingan o‘quvchi yoshlarga Prezident sovg‘alari jamlanmasi, kitoblar  topshirildi. Tadbir davomida o‘quvchi yoshlar ishtirokida kuy-musiqalar va chiqishlar ijro etildi.

"Bilimlar kuni" munosabati bilan o‘tkazilgan tadbirdan so‘ng tuman hokimi Ruslan Ro'ziyev o‘quvchilarga "Vatan uchun, millat uchun, xalq uchun" shiori ostidagi "Mustaqillik darsi"ni o‘tdi. 

Muhtaram Prezidentimiz tomonidan bugungi kunda mamlakatimizda yoshlar uchun yaratib berilgan imkoniyatlar, amalga oshirilayotgan islohotlar, shuningdek, Vatanni asrash, yurtimiz taraqqiyotiga hissa qo‘shib, munosib farzand bo‘lishlari kerakligi ta'kidlandi va o'quvchilar bilan muloqotlar qilindi.

Slide 1 of 6