Bu tashrif davomida Prezidentlar Shavkat Mirziyoyev va Emomali Rahmon va qo‘shni davlatlar rahbarlari o‘rtasida bo‘lib o‘tgan
uchrashuvlar, yuqori darajadagi muzokaralar ikki tomonlama munosabatlarda sifat jihatidan yangi bosqichni boshlab berdi.
Tashrif chog‘ida iqtisodiyot, energetika, transport, qishloq xo‘jaligi, suv resurslaridan oqilona foydalanish, turizm va madaniyat
sohalarida hamkorlikni kengaytirishga doir qator bitim va memorandumlar imzolandi. Shuningdek, qo'shni davlatlar o‘rtasidagi savdo hajmini kelgusi yillarda
bir necha barobarga oshirish, sanoat kooperatsiyasini chuqurlashtirish, qo‘shma korxonalar tashkil etish masalalari kelishib olindi.
Prezidentimizning bu tashrifi nafaqat siyosiy, balki xalq diplomatiyasi nuqtayi nazaridan ham beqiyos ahamiyat kasb etadi.
O‘zbekiston va Tojikiston xalqlarini asrlar davomida birlashtirib turgan tarixiy, madaniy va ruhiy yaqinlik bugungi kunda o‘zining yangi mazmunini
topmoqda.
Deputat sifatida men ushbu tashrifni mamlakatimiz tashqi siyosatining izchil va xalq manfaatlariga yo‘naltirilganligi, Markaziy
Osiyoda tinchlik, barqarorlik va o‘zaro ishonchni mustahkamlash yo‘lidagi muhim qadamlardan biri deb bilaman.
Davlat rahbarimizning do‘stona siyosati natijasida bugun O‘zbekistonning barcha qo‘shni davlatlar bilan munosabatlari yangi
darajaga ko‘tarilmoqda. Bu esa nafaqat diplomatik sohada, balki iqtisodiyot, transport, ta’lim va madaniyat kabi hayotiy muhim sohalarda ham xalq
farovonligini ta’minlashga xizmat qilmoqda.
Xalq deputatlari G‘ozg‘on shahar Kengashi deputati Hojiyev Farxod Yusupovich