Ustoz va murabbiylarga ehtirom ko‘rsatish, ularning fidokorona mehnatini qadrlash bugungi kunda yurtimizda ezgu anʼanaga aylangan.
Shu munosabat bilan xalq deputatlari G‘ozg‘on shahar Kengashi deputati, 1-umumtaʼlim maktabi o‘qituvchisi Ergasheva Mutaram Sadillayevna taʼlim sohasidagi uzoq yillik samarali faoliyati,
yosh avlodni bilimli va maʼnaviyatli etib tarbiyalash yo‘lidagi fidokorona xizmatlari uchun “XALQ TAʼLIMI FIDOYISI” ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi.
Bu yuksak mukofot ustozimizning el-yurt oldidagi mehnati va xizmatlariga berilgan munosib eʼtibor ifodasidir.