Ayni paytda G‘ozg‘on shahar "Tumar" mahallasida barpo etilayotgan yangi Dehqon bozori qurilishi jarayoni jadal suratlarda davom etmoqda. Savdo do‘konlarining tashqi qismiga mahalliy xomashyo hisoblangan tabiiy marmardan foydalanilmoqda.
Xalq deputatlari G‘ozg‘on shahar Kengashi deputati F.Hojiyev tomonidan Shayxon MFYda fuqarolar murojaatini o'rgandi.
Hududdagi maishiy chiqindilarni o‘z vaqtida olib chiqib ketish, ichki yo‘llarni tartibga keltirish hamda obodonlashtirish ishlarini jadallashtirish yuzasidan fuqarolar tomonidan bildirilgan murojaatlar atroflicha o‘rganildi.
Xalq deputatlari G‘ozg‘on shahar Kengashi kotibiyat mudiri F.Hojiyev Shayxon mahalla fuqarolar yig‘inida tashkil etilgan profilaktik tadbirda ishtirok etdi.
O‘zbekiston Respublikasining "Yong‘in xavfsizligi to‘g‘risida"gi Qonuni (O‘RQ-226, 2009-yil 30-sentabr) mazmun-mohiyatini aholi o‘rtasida keng targ‘ib qilish maqsadida G‘ozg‘on shahar Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi H. Pardayev hamda Shahar Favqulodda vaziyatlar bo‘limi kichik inspektori
G'. Ro‘ziqulov hamrohligida targ‘ibot va tushuntirish ishlari olib borildi.
Xalq deputatlari G‘ozg‘on shahar Kengashi deputati M.Ergasheva hamda Kotibiyat bosh mutaxassisi D.Murodov shahardagi Shayxon MFYda bo‘lib, mahalladagi ijtimoiy xodim tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar holati bilan tanishdi.
Xalq deputatlari G‘ozg‘on shahar Kengashi deputati F.Hojiyev tomonidan Shayxon mahallasida fuqarolar murojaatlarini o‘rganish ishlari davom ettirilmoqda.
Xalq deputatlari G‘ozg‘on shahar Kengashi deputati F.Hojiyev o‘z saylov okrugida fuqarolar bilan ochiq muloqot o‘tkazib, aholi murojaatlari bilan ishlash hamda
ularni qiynayotgan muammolarni o‘rganish yuzasidan joyiga chiqdi.
Xalq deputatlari G‘ozg‘on shahar Kengashi kotibiyat bosh mutaxassisi D.Murodov tomonidan shahar hududida mavjud avtobus bekatlarining holati o‘rganildi.
Mazkur o‘rganish O‘zbekiston Respublikasining “Aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligi to‘g‘risida”gi Qonuni (O‘RQ–393-son, 2015-yil 26-avgust) talablari asosida olib borildi.
Xalq deputatlari G‘ozg‘on shahar Kengashi tomonidan qabul qilingan qarorlar ijrosini ta’minlash va ularning amaliy natijadorligini o‘rganish maqsadida joyiga chiqib monitoring ishlari olib borildi.
Monitoring davomida Xalq deputatlari G‘ozg‘on shahar Kengashi kotibiyatining bosh mutaxassisi H.Pardayev tomonidan Kengashning ichimlik suvi ta’minoti sohasiga oid qarorida belgilangan vazifalar ijrosi o‘rganildi.
Xalq deputatlari G‘ozg‘on shahar Kengashi deputati M.Ergasheva tomonidan shahar Tibbiyot birlashmasida aholiga o‘z vaqtida va sifatli tibbiy yordam ko‘rsatilishi holati o‘rganildi.