35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputatlik so‘rovi ijobiy hal etildi
янв.21
“Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz”
янв.21
📊 Deputat so‘rovlari ijrosi:
янв.21
Jiydali mahallasida kartoshkachilikni rivojlantirish bo‘yicha loyiha amalga oshirilmoqda
янв.21
Xalq deputatlari G‘allaorol tuman Kengashi deputati A.Ismoilov tomonidan Qo‘ytosh ko‘li turizm obyektida olib borilayotgan qurilish ishlari jarayoni o‘rganildi.
янв.21
Deputatlik so‘rovi ijobiy hal etildi
янв.21
Xalq deputatlari G‘allaorol tuman Kengashi deputati S.Ishimova tomonidan saylovchilar bilan navbatdagi uchrashuv o‘tkazildi.
янв.21
Obodonlashtirish ishlari nazoratda
янв.21
Yoshlar maslahat guruhi a’zosi fuqorolar murojaatini o‘rganish jarayonida ishtirok etdi
янв.21
Deputat so‘rovi ijobiy yechim topdi
KUNLIK ISH REJASI IJROSI: BOSTON MFYDA AHOLI MUROJAATLARI O‘RGANILDI

 O‘rganish davomida aholi bilan ochiq muloqot o‘tkazilib, fuqarolarning murojaat va takliflari tinglandi.

8-band ijrosi doirasida — mahalla ichki ko‘cha yo‘llarining holati o‘rganildi. Hududdagi mavjud holat ko‘zdan kechirilib, aholi tomonidan bildirilgan murojaatlar yuzasidan tegishli masalalar muhokama qilindi.
23-band ijrosi doirasida — aholi bandligi masalalari o‘rganildi. Fuqarolarning bandligini ta’minlash, ish bilan ta’minlash hamda mavjud imkoniyatlardan foydalanish bilan bog‘liq masalalar yuzasidan fikr almashildi.

O‘rganish jarayonida deputat, Boston MFY yettiligi va aholi ishtirokida ko‘tarilgan masalalar muhokama qilinib, ularning yechimi yuzasidan tegishli choralarni ko‘rish belgilandi.

Shuningdek, bayram oldidan aholi bilan uchrashuv o‘tkazilib, fuqarolarning bayram oldi kayfiyati, istak va takliflari o‘rganildi. Suhbat davomida aholini qiynayotgan muammo va murojaatlar tinglandi.

Fuqarolar tomonidan bildirilgan murojaatlar e’tiborga olinib, ko‘tarilgan masalalar deputatlik nazoratiga olindi.

Maqsad — aholi murojaatlarini joyida o‘rganish, mavjud muammolarni aniqlash va ularning amaliy yechimini ta’minlash.

️ Xalq deputatlari Samarqand shahar Kengashi