35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputatlik so‘rovi ijobiy hal etildi
янв.21
“Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz”
янв.21
📊 Deputat so‘rovlari ijrosi:
янв.21
Jiydali mahallasida kartoshkachilikni rivojlantirish bo‘yicha loyiha amalga oshirilmoqda
янв.21
Xalq deputatlari G‘allaorol tuman Kengashi deputati A.Ismoilov tomonidan Qo‘ytosh ko‘li turizm obyektida olib borilayotgan qurilish ishlari jarayoni o‘rganildi.
янв.21
Deputatlik so‘rovi ijobiy hal etildi
янв.21
Xalq deputatlari G‘allaorol tuman Kengashi deputati S.Ishimova tomonidan saylovchilar bilan navbatdagi uchrashuv o‘tkazildi.
янв.21
Obodonlashtirish ishlari nazoratda
янв.21
Yoshlar maslahat guruhi a’zosi fuqorolar murojaatini o‘rganish jarayonida ishtirok etdi
янв.21
Deputat so‘rovi ijobiy yechim topdi
MUAMMOLAR JOYIDA O‘RGANILDI

 14-band ijrosi doirasida A. Yassaviy MFY, xususan, Shaar ko‘chasida:
aholini ichimlik, issiq va sovuq suv bilan ta’minlash;
elektr energiyasi ta’minoti;
tabiiy gaz;
kanalizatsiya tizimi bilan bog‘liq masalalar o‘rganildi.

8-band ijrosi doirasida esa mahalla ichki ko‘chalari holati ko‘zdan kechirilib, yo‘llardagi mavjud nuqsonlar, ta’mirlash va obodonlashtirish masalalari muhokama qilindi.
Shuningdek, Navbahor MFYda fuqarolar murojaati asosida eskirgan elektr simyog‘ochlarini zamonaviy temir-beton ustunlarga almashtirish bo‘yicha amaliy ishlar olib borilib, murojaat ijobiy hal etildi.

O‘rganishlar davomida fuqarolar bilan ochiq muloqot o‘tkazilib, aniqlangan muammolarni bartaraf etish yuzasidan tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda chora-tadbirlar belgilandi.

Ko‘tarilgan masalalar deputatlik nazoratiga olinib, ularning amaliy yechimi yuzasidan ishlar davom ettiriladi.

Maqsad — fuqarolar uchun qulay, xavfsiz va munosib yashash sharoitlarini ta’minlash.

️ Xalq deputatlari Samarqand shahar Kengashi