Xalq deputatlari Gʻallaorol tuman Kengashi kotibiyati majlislar xonasida doimiy komissiyalar qoʻshma yigʻilishi boʻlib oʻtdi.
Unda deputatlar jinoyatchilikning oldini olish, jamoat tartibini saqlash, maktabgacha taʼlim tashkilotlarida oziq - ovqat xavfsizligi boʻyicha joriy etilgan yangicha tizim faoliyati, aholini tabiiy va suyultirilgan gaz bilan taʼminlash boʻyicha olib borilayotgan ishlar, yoʻl harakati xavfsizligi yoʻnalishlarida amalga oshirilayotgan ishlar toʻgʻrisida masʼullarning hisobotlari dastlabki tarzda koʻrib chiqildi. Deputatlar masalalar yuzasidan fikr mulohazalarini bildirib, maʼsullarga tegishli koʻrsatmalar berdi. Yigʻilish yakunida doimiy komissiyalar qoʻshma qarori qabul qilindi.