Xalq deputatlari Gʻallaorol tuman Kengashi kotibiyati majlislar xonasida fuqarolarning ijtimoiy muammolarini hal etish boʻyicha qabul tashkil etildi.
Unda "Mehr, shafqat va salomatlik" nodavlat tashkiloti viloyat hududiy boʻlimi rahbari, Xalq deputatlari Gʻallaorol tuman Kengashi kotibiyati mudiri B. Qorajonov va jarrohlik operatsiyalarini amalga oshirishga muhtoj boʻlgan nogironligi bor shaxslar, ularning oila aʼzolari ishtirok etdi. Qabulda aholini ijtimoiy himoya qilish borasida olib borilayotgan davlat siyosati, gʻamxoʻrligi taʼkidlab oʻtildi. Ularning sogʻlom hayotga qaytishi uchun ajratilayotgan mablagʻlardan maqsadli foydalanish, shartnoma tuzish shartlari, ularning huquqlari tushuntirildi. Sifatli tibbiy xizmatlardan foydalanish va batamom sogʻayib ketishlari uchun eng tajribali tibbiyot muassasalari bilan shartnoma tuzish tavsiya etildi. Ushbu 4 nafar bemorlarning jarrohlik amaliyotini oʻtkazishga 130 mln soʻm yoʻnaltirilmoqda.