Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
MAHALLA SERVIS KOMPANIYASI FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
GERMANIYADAN 165 BOSH NASLLI QORAMOL OLIB KELINDI
янв.21
SIFATLI ELEKTR TA’MINOTI — AHOLI FAROVONLIGINING MUHIM OMILI
янв.21
17-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Maktabgacha ta’lim tashkiloti xodimlari faoliyati o‘rganildi
янв.21
Kambag‘allikni qisqartirish: amaliy ishlar o‘z samarasini bermoqda
янв.21
XUSUSIY MULKNI HIMOYA QILISH VA MULKDORLAR HUQUQLARINING KAFOLATLARI TO‘G‘RISIDAGI QONUN IJROSI O‘RGANILDI
янв.21
DEPUTAT VA YOSHLAR ISHLARI AGENTLIGI O‘RTASIDA HAMKORLIK MASALALARI MUHOKAMA QILINDI
янв.21
DEPUTATGA BIRIKTIRILGAN QONUN DOIRASIDA AMALIY ISHLAR OLIB BORILDI
янв.21
QIZIL-QIYOQ MAHALLASIDA DEPUTATLIK O‘RGANISHI OLIB BORILDI
KAMBAG‘ALLIKNI QISQARTIRISH — OILALAR FAROVONLIGINI OSHIRISHGA QARATILGAN MANZILLI ISHLAR

Xalq deputatlari Yangiobod tuman Kengashi Kotibiyati mudiri, deputat V.Xasanov tomonidan Qo'riq qishlog‘ida yashovchi Sh.Boboyorova xonadonining ijtimoiy-iqtisodiy holati manzilli o‘rganildi.

O‘rganish davomida xonadonning mavjud sharoiti, oilaning ehtiyojlari, bandlik holati, daromad manbalari hamda fuqarolarni qiynab kelayotgan muammolar yuzasidan manzilli suhbat o‘tkazildi.

Suhbat davomida kambag‘allikni qisqartirish, ehtiyojmand oilalarni qo‘llab-quvvatlash, oilaning doimiy va barqaror daromad manbalarini shakllantirish hamda turmush farovonligini oshirish imkoniyatlari muhokama qilindi.

Oilaning mavjud imkoniyatlaridan kelib chiqib, bandlikni ta’minlash, mehnat faoliyatiga jalb etish, tadbirkorlik yoki boshqa daromadli faoliyat yo‘nalishlarini yo‘lga qo‘yish orqali oilaning iqtisodiy holatini yaxshilash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Shuningdek, ehtiyojmand oilalarni qo‘llab-quvvatlashda mahalla yettiligi bilan hamkorlikda manzilli ish olib borish, mavjud muammolarni aniqlash va ularni tegishli tartibda hal etish muhimligi ta’kidlandi.

Bunday manzilli o‘rganishlarning asosiy maqsadi — oilaga faqat bir martalik yordam ko‘rsatish emas, balki uning barqaror daromadga ega bo‘lishi va kambag‘allikdan chiqishi uchun amaliy imkoniyatlarni aniqlashdan iborat.

Slide 1 of 2