Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
MAHALLA SERVIS KOMPANIYASI FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
GERMANIYADAN 165 BOSH NASLLI QORAMOL OLIB KELINDI
янв.21
SIFATLI ELEKTR TA’MINOTI — AHOLI FAROVONLIGINING MUHIM OMILI
янв.21
17-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Maktabgacha ta’lim tashkiloti xodimlari faoliyati o‘rganildi
янв.21
Kambag‘allikni qisqartirish: amaliy ishlar o‘z samarasini bermoqda
янв.21
XUSUSIY MULKNI HIMOYA QILISH VA MULKDORLAR HUQUQLARINING KAFOLATLARI TO‘G‘RISIDAGI QONUN IJROSI O‘RGANILDI
янв.21
DEPUTAT VA YOSHLAR ISHLARI AGENTLIGI O‘RTASIDA HAMKORLIK MASALALARI MUHOKAMA QILINDI
янв.21
DEPUTATGA BIRIKTIRILGAN QONUN DOIRASIDA AMALIY ISHLAR OLIB BORILDI
янв.21
QIZIL-QIYOQ MAHALLASIDA DEPUTATLIK O‘RGANISHI OLIB BORILDI
BEPUL DORI-DARMON BILAN TA’MINLASH — DEPUTAT E’TIBORIDA

Xalq deputatlari Yangiobod tuman Kengashi deputati Z. Abduraimova tomonidan Balandchaqir mahallasidagi Oilaviy shifokorlik punktida aholiga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmatlar hamda fuqarolarni bepul dori-darmon vositalari bilan ta’minlash holati o‘rganildi.

O‘rganish davomida fuqarolarni qabul qilish jarayoni, tibbiy xizmatlarning tashkil etilishi, bemorlarga zarur tavsiyalar berilishi hamda imtiyozli toifalarga bepul ajratilishi lozim bo‘lgan dori vositalarining mavjudligi va ta’minoti holatiga alohida e’tibor qaratildi.

Shuningdek, bepul dori-darmonlarning saqlanishi, ularni ehtiyojmand fuqarolarga belgilangan tartibda yetkazib berish va hisobini yuritish masalalari bilan yaqindan tanishildi.

O‘rganish yakunida aholiga tibbiy xizmatlarni sifatli va o‘z vaqtida ko‘rsatish, ehtiyojmand fuqarolarni zarur dori vositalari bilan ta’minlash hamda bu boradagi ishlarni yanada takomillashtirish yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.

Slide 1 of 2