Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
MAHALLA SERVIS KOMPANIYASI FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
GERMANIYADAN 165 BOSH NASLLI QORAMOL OLIB KELINDI
янв.21
SIFATLI ELEKTR TA’MINOTI — AHOLI FAROVONLIGINING MUHIM OMILI
янв.21
17-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Maktabgacha ta’lim tashkiloti xodimlari faoliyati o‘rganildi
янв.21
Kambag‘allikni qisqartirish: amaliy ishlar o‘z samarasini bermoqda
янв.21
XUSUSIY MULKNI HIMOYA QILISH VA MULKDORLAR HUQUQLARINING KAFOLATLARI TO‘G‘RISIDAGI QONUN IJROSI O‘RGANILDI
янв.21
DEPUTAT VA YOSHLAR ISHLARI AGENTLIGI O‘RTASIDA HAMKORLIK MASALALARI MUHOKAMA QILINDI
янв.21
DEPUTATGA BIRIKTIRILGAN QONUN DOIRASIDA AMALIY ISHLAR OLIB BORILDI
янв.21
QIZIL-QIYOQ MAHALLASIDA DEPUTATLIK O‘RGANISHI OLIB BORILDI
Kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati o‘rganildi

O‘rganish jarayonida, xususan, suyultirilgan gaz bilan ta’minlanadigan xonadonlarga gaz yetkazib berish, shuningdek, tabiiy gaz bilan ta’minlangan aholi xonadonlariga uzluksiz va barqaror gaz yetkazib berish bo‘yicha ko‘rilayotgan chora-tadbirlarga alohida e’tibor qaratildi.

Kuz-qish mavsumida aholining tabiiy va suyultirilgan gazga bo‘lgan ehtiyojini o‘z vaqtida ta’minlash, gaz ta’minotida uzilishlarning oldini olish, mavjud tarmoq va infratuzilmalarning mavsumga tayyorgarligini ta’minlash hamda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan muammolarni oldindan bartaraf etish masalalari tahlil qilindi.

Shuningdek, aholidan kelib tushayotgan murojaatlarni o‘z vaqtida ko‘rib chiqish, gaz yetkazib berish jarayonida qonuniylik va belgilangan tartiblarga rioya etish, xizmat ko‘rsatish sifatini yanada oshirish yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiyalar berildi.

Mazkur o‘rganishlar deputatlik nazoratini kuchaytirish, kuz-qish mavsumini barqaror o‘tkazish hamda aholini yoqilg‘i-energetika resurslari bilan uzluksiz ta’minlashga qaratilgan chora-tadbirlarning samaradorligini oshirishga xizmat qiladi.

Slide 1 of 4