Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
17-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Maktabgacha ta’lim tashkiloti xodimlari faoliyati o‘rganildi
янв.21
Kambag‘allikni qisqartirish: amaliy ishlar o‘z samarasini bermoqda
янв.21
XUSUSIY MULKNI HIMOYA QILISH VA MULKDORLAR HUQUQLARINING KAFOLATLARI TO‘G‘RISIDAGI QONUN IJROSI O‘RGANILDI
янв.21
DEPUTAT VA YOSHLAR ISHLARI AGENTLIGI O‘RTASIDA HAMKORLIK MASALALARI MUHOKAMA QILINDI
янв.21
DEPUTATGA BIRIKTIRILGAN QONUN DOIRASIDA AMALIY ISHLAR OLIB BORILDI
янв.21
QIZIL-QIYOQ MAHALLASIDA DEPUTATLIK O‘RGANISHI OLIB BORILDI
янв.21
QIZIL-QIYOQ MAHALLASIDA MAKTABNING KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIGI O‘RGANILDI
янв.21
XALQ DEPUTATLARI FURQAT TUMANI KENGASHINING VII CHAQIRIQ 25-SESSIYASI BO‘LIB O‘TDI
янв.21
«XALQ DEPUTATLARI FURQAT TUMANI KENGASHI KUBOGI» MINI-FUTBOL MUSOBAQASI YAKUNLANDI
Uzun tumanida xotin-qizlar tadbirkorligini rivojlantirishning amaliy natijalari

Uzun tumanida xotin-qizlar tadbirkorligini rivojlantirishning amaliy natijalari

Muallif: G.To‘rayeva, Xalq deputatlari Uzun tumani Kengashining mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi a’zosi

Mamlakatimiz hayotida ulug‘vor sanaga — O‘zbekiston Respublikasi Davlat Mustaqilligining 35 yillik bayramiga qadam qo‘shayotgan bir paytda, yurtimizning har bir go‘shasida ulkan bunyodkorlik ishlari, ijtimoiy-iqtisodiy o‘zgarishlar jadal davom etmoqda. Istiqlol yillari davomida jamiyatimizning barcha jabhalarida, xususan, xotin-qizlarning huquq va manfaatlarini ta’minlash, ularning ijtimoiy-siyosiy va iqtisodiy faolligini oshirish davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishiga aylandi.

Surxondaryo viloyatining so‘lim va mehnatkash Uzun tumanida ham so‘nggi yillarda xotin-qizlar tadbirkorligini har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularni kasb-hunarga o‘qitish va bandligini ta’minlash borasida salmoqli natijalarga erishilmoqda. Xalq deputatlari Uzun tumani Kengashining mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi tomonidan bu boradagi davlat dasturlari ijrosi yuzasidan muntazam ravishda deputatlik va jamoatchilik nazorati o‘rnatib kelinmoqda.

Ma’lumki, yurtimizda xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha qabul qilingan qator farmon va qarorlar, xususan, davlat dasturlari ijrosi joylarda minglab opa-singillarimizning o‘z biznesini boshlashi, oilaviy tadbirkorlikni kengaytirishi hamda daromad manbaiga ega bo‘lishida muhim poydevor bo‘lmoqda.

Uzun tumanida ham bu boradagi ishlar tizimli ravishda tashkil etilib, bugungi kunga kelib yuzlab xotin-qizlar imtiyozli kreditlar, subsidiyalar va amaliy yordamlar tufayli o‘z ishining egasiga aylanishdi.