Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
MAHALLA SERVIS KOMPANIYASI FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
GERMANIYADAN 165 BOSH NASLLI QORAMOL OLIB KELINDI
янв.21
SIFATLI ELEKTR TA’MINOTI — AHOLI FAROVONLIGINING MUHIM OMILI
янв.21
17-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Maktabgacha ta’lim tashkiloti xodimlari faoliyati o‘rganildi
янв.21
Kambag‘allikni qisqartirish: amaliy ishlar o‘z samarasini bermoqda
янв.21
XUSUSIY MULKNI HIMOYA QILISH VA MULKDORLAR HUQUQLARINING KAFOLATLARI TO‘G‘RISIDAGI QONUN IJROSI O‘RGANILDI
янв.21
DEPUTAT VA YOSHLAR ISHLARI AGENTLIGI O‘RTASIDA HAMKORLIK MASALALARI MUHOKAMA QILINDI
янв.21
DEPUTATGA BIRIKTIRILGAN QONUN DOIRASIDA AMALIY ISHLAR OLIB BORILDI
янв.21
QIZIL-QIYOQ MAHALLASIDA MAKTABNING KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIGI O‘RGANILDI
Yangi o‘quv yili — yangi maqsadlar sari dadil qadam

Yangi o‘quv yilining boshlanishi munosabati bilan Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashiga 23-Ko‘liyon saylov okrugidan saylangan deputat U. Ro‘ziyev “Ko‘liyon” mahallasi hududida joylashgan 6-umumta’lim maktabiga tashrif buyurdi.
👉Tashrif davomida deputat maktab jamoasi, o‘qituvchilar va o‘quvchilarni yangi o‘quv yili boshlangani bilan samimiy muborakbod etdi. Tadbirda so‘zga chiqib, yosh avlodga sifatli ta’lim-tarbiya berish, ularning bilim olishi va o‘z iqtidorlarini namoyon etishi uchun yaratilayotgan imkoniyatlar haqida to‘xtalib o‘tdi.
👉U. Ro‘ziyev o‘z nutqida mamlakatimizda ta’lim sohasiga qaratilayotgan yuksak e’tibor, maktablarda o‘quvchilar uchun zamonaviy va qulay sharoitlarni yaratish borasida amalga oshirilayotgan ishlar muhim ahamiyat kasb etayotganini ta’kidladi.
👉Shuningdek, deputat o‘quvchilarni puxta bilim olishga, ustozlarni hurmat qilishga, Vatanga sadoqatli va yurt ravnaqiga munosib hissa qo‘shadigan barkamol avlod bo‘lib voyaga yetishga chaqirdi.
👉Yangi o‘quv yili barcha o‘quvchi va ustozlar uchun ulkan yutuqlar, yangi bilimlar va ezgu maqsadlar yili bo‘lishi tilab qolindi.
👉Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashi deputatlarining ta’lim muassasalari bilan hamkorligi, yoshlar ta’limi va tarbiyasiga e’tibori bundan buyon ham izchil davom etadi.

Slide 1 of 3