Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
MAHALLA SERVIS KOMPANIYASI FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
GERMANIYADAN 165 BOSH NASLLI QORAMOL OLIB KELINDI
янв.21
SIFATLI ELEKTR TA’MINOTI — AHOLI FAROVONLIGINING MUHIM OMILI
янв.21
17-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Maktabgacha ta’lim tashkiloti xodimlari faoliyati o‘rganildi
янв.21
Kambag‘allikni qisqartirish: amaliy ishlar o‘z samarasini bermoqda
янв.21
XUSUSIY MULKNI HIMOYA QILISH VA MULKDORLAR HUQUQLARINING KAFOLATLARI TO‘G‘RISIDAGI QONUN IJROSI O‘RGANILDI
янв.21
DEPUTAT VA YOSHLAR ISHLARI AGENTLIGI O‘RTASIDA HAMKORLIK MASALALARI MUHOKAMA QILINDI
янв.21
DEPUTATGA BIRIKTIRILGAN QONUN DOIRASIDA AMALIY ISHLAR OLIB BORILDI
янв.21
QIZIL-QIYOQ MAHALLASIDA MAKTABNING KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIGI O‘RGANILDI
#DEPUTAT_SO‘ROVI #IJOBIY_HAL_ETILDI #YO‘L_XAVFSIZLIGI

Xalq deputatlari Oltinsoy tumani Kengashining 12-“Bo‘ston” saylov okrugidan saylangan deputati, Kengash kotibiyati mudiri Xujanov Musurmon Abduraxmonovich tomonidan tuman hokimining o‘rinbosari Sh.Mo‘minovga “Chep” mahallasidagi nosoz svetofor holatini bartaraf etish yuzasidan deputat so‘rovi yuborilgan edi.

Ushbu deputat so‘rovi tuman hokimligi mas’ullari tomonidan nazoratga olinib, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha tegishli choralar ko‘rildi.

Amalga oshirilgan ishlarning holati joyiga chiqqan holda atrofda mas’ullar bilan birga o‘rganildi:

Xalq deputatlari Surxondaryo viloyati Kengashi kotibiyati mudiri Sh.Boyqulov, Xalq deputatlari Oltinsoy tumani Kengashi raisi A.Turdiyev, Xalq deputatlari tuman Kengash kotibiyati mudiri M.Xujanov, Kotibiyatning bosh mutaxassislari A.Esanov hamda I.Roziqov ishtirokida

O‘rganish natijasida nosoz svetofor to‘liq ta’mirlanib, uning faoliyati qayta tiklangani va ishchi holatga keltirilgani tasdiqlandi.

Aholi xavfsizligini ta’minlashga qaratilgan ushbu masala deputat so‘rovi asosida ijobiy hal etildi.

✍️Oltinsoy tumani Kengash Kotibiyati Axborot xizmati

📱Telegram|📱Facebook|📱Instagram 🌐E-kengash|📱YouTube🌎oltinsoy.uz

Slide 1 of 5