Xalq deputatlari Peshku tuman Kengashi raisi K. Nurov, Peshku tuman Kengashi kotibiyati mudiri Z. Nurulloyev hamda tuman deputati R. Sharipovlar tomonidan tumandagi Qoraqalpoq mahalla fuqarolar yig‘inida uchrashuv o‘tkazildi.
Uchrashuv davomida mahalla faollari va aholi vakillari bilan muloqot qilindi, hududda mavjud muammolar muhokama etilib, ularni bartaraf etish bo‘yicha tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda amaliy chora-tadbirlar ko‘rish yuzasidan kelishuvga erishildi.
Shuningdek, mahalla hududida joylashgan 19-sonli umumta’lim maktabi faoliyati yaqindan o‘rganildi. Maktabda ta’lim-tarbiya jarayoni, o‘quv xonalari holati hamda o‘quvchilarning dars mashg‘ulotlari joyida ko‘zdan kechirildi.
O‘rganishlar davomida aniqlangan masalalarni hal etish, ta’lim muassasasidagi shart-sharoitlarni yanada yaxshilash bo‘yicha tegishli taklif va tavsiyalar belgilandi.