Bugun Xalq deputatlari Furqat tumani Kengashining navbatdagi sakkizinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Unda Xalq deputatlari tuman Kengashi deputatlari, kun tartibidagi masalalargi aloqador davlat va jamoat tashkilotlari vakillari ishtirok etdi.
Sessiya ishida Ayrim bo‘shab qolgan o‘rinlarga mahalliy Kengashlar deputatlarining saylovini o‘tkazuvchi uchastka saylov komissiyasi a’zoligiga nomzodlarni tasdiqlash to‘g‘risida, Tuman hokimining o‘rinbosari Z.Alixadjaevaning 2025-yilning birinchi choragida “Ayollar daftari”ni 6-bosqichida tizimli va namunali yuritish natijasida, xotin- qizlar muammolarini o‘rganish va hal etish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar to‘g‘risida, Xalq deputatlari Furqat tumani Kengashi tomonidan Kengash tekshiruvi o‘tkazish tartibini ko‘rib chiqish to‘g‘risidagi masalalardan iborat bo‘ldi.
Sessiya yakunida ko‘rib chiqilgan masalalar yuzasidan Xalq deputatlari tuman Kengashining tegishli qarorlari qabul qilindi