Sessiya ishida quydagi bir qator masalalar ko‘rib chiqildi:
- Furqat tumanining 2026 yilgi mahalliy budjetini tasdiqlash to‘g‘risida
- O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 16-dekabrdagi PQ-440-sonli qarori ijrosi bo‘yicha Furqat tumanda amalga oshirilgan ishlar to‘g‘rsida.
- O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 20-dekabrdagi PF-223-sonli Farmoning tumandagi ijrosi va 2026-yilda Furqat tumanini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturi to‘g‘risida.
- Furqat tumanida 2026 yil davomida «drayver» loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha dastlabki manzilli ro‘yxatni tasdiqlash haqidagi takliflarini ko‘rib chiqish haqida
- Furqat tumani hokimligi huzuridagi “Infratuzilma va ijtimoiy barqarorlik” jamg‘armasi mablag‘laridan foydalanish to‘g‘risida
- Furqat tumanida 6-bosqich “Ayollar daftari”ga kiritilgan xotin-qizlarni ro‘yhatidan chiqarish to‘g‘risida
- Furqat tumani “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi tomonidan «Saxovat va ko‘mak» jamg‘armalari mablag‘lari hisobidan ijtimoiy yordam ko‘rsatish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlari to‘g‘risida
- O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 11-oktabrdagi 665-sonli qarorining ijrosini ta’minlash yuzasidan tuman hududidagi ichki yo‘llarni saqlash va joriy ta’mirlash ishlari bo‘yicha olib borilgan ishlar to‘g‘risida
- Tashkiliy masalalardan iborat bo‘ldi.
Muzokaralarga boy kechgan yig‘ilish yakunida muhokama etilgan masalalar bo‘yicha tegishli qaror qabul qilindi.