Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari Furqat tumani Kengashining navbatdagi o‘n yettinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Furqat tumani "og‘ir" toifadan chiqarilib, ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantiriladi
янв.21
Xalq deputatlari Furqat tumani Kengashining navbatdagi o‘n beshinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Xalq deputatlari Furqat tumani Kengashining navbatdagi sessiyasi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Xalq deputatlari Furqat tumani Kengashining navbatdagi sessiyasi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Xalq deputatlari Furqat tumani Kengashining navbatdagi sessiyasi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Xalq deputatlari Furqat tuman Kengashining navbatdagi sessiyasida bir qator masalalar ko‘rib chiqildi
янв.21
Халқ депутатлари Фурқат туман Кенгашининг навбатдаги сессиясида бир қатор масалалар кўриб чиқилди
янв.21
Xalq deputatlari Furqat tumani Kengashining VII chaqiriq 8-sessiyasi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Халқ депутатлари Фурқат тумани Кенгашининг VII чақириқ 7-сессияси бўлиб ўтди
Do‘stlik va bag‘rikenglik hukmron bo‘lgan yurt

Har bir inson tinch, qadrlangan, erkin jamiyatda yashashni istaydi. Bu umuminsoniy orzu va istak - xalqlar o‘rtasida bir-birlariga bo‘lgan do‘stlik, bag‘rikenglik va o‘zaro hurmat orqali ro‘yobga chiqadi hamda ezgulikka shorlaydi.

Xalqlar do‘stligi - bu shunchaki shior emas. Bu har kunlik hamkorlik, hayot tarzi va hamfikrlikni ifoda etuvchi davomiy harakatdir.

Bugun mamlakatimizda 130 dan ortiq millat va elat vakillari yagona va ahil oila bo‘lib istiqomad qilib kelmoqda. Xalqlar do‘stligi mamlakatimizda millatlararo totuvlikni, munosabatlarning barqarorligini hamda ijtimoiy adolatni ta‘minlaydi. Qolaversa, jamiyatni mustahkam qiladi, inson huquqlarini himoya qiladi.

Tumanimizdagi o‘n beshta mahalla Tojikiston Respublikasi bilan 86 km uzunlikda chegaradosh mahalla hisoblanadi. Shu jumladan, Birdanlik mahallasi ham tuman markazidan 30 km uzoqlikda joylashgan chegara hudud hisoblanadi. Mahallaning chekka qishloqchasida Tojikistonning Mastchoq tumanidan kelib joylashib uzoq yillardan buyon tojik xalqi o‘zbeklar bilan do‘stu birodar bo‘lib istiqomad qiladi. Bu qishloqni Mascthoq qishlog‘i deb ham ataymiz. Qishloqda 70 ta xonadon mavjud bo‘lib, 500 nafarga yaqin tojik millatiga xos aholi tinch, oilalar totuv, qo‘shnilar ahil, hamjihatlikda jamiyatning to‘laqonli, teng huquqli a‘zosi sifatida yashab kelmoqda. Axir mahalla o‘z nomi bilan Birdamlikda. Xudud deputati sifatida mahalla yettiligi bilan qishloqchani aylandim, xonadonlarga kirib bordim, mavjud muammolarni o‘rgandim. Ikki nafar front ortida xizmat qilgan faxriylar va mahalla vijdoni bo‘lgan nuroniylar bilan suhbatlashdik. Ijtimoiy himoyaga muhtoj, nogironligi bo‘lgan oilalar holidan xabar oldik. Manzilli va maqsadli yordam ko‘rsatish choralarini ko‘rish rejasini tuzib oldik.

Aholi Tashabbusli byudjet loyihasi tanlovida birdamlikda faol qatnashib, g‘oliblikni qo‘lga kiritishgan va ichki ko‘chalarning barchasi asfalt qilingan. Birgina muammo bor, bu aholini mahalla markazi bilan bog‘lab turuvchi 1 km uzunlikdagi yo‘lni asfaltlash. Zudlik bilan Tuman yo‘llardan foydalanish unitar korxonasi rahbariga muammoga yechim topib amaliy yordam berish maqsadida Deputat so‘rovi yubordim. O‘ylaymanki, mutasaddi tashkilotlar bunga mas‘uliyat bilan yondoshgan holda muammoga yechim topib , xalqning roziligini olishga erishadi, qolaversa? tojik xalqining hurmati va ishonchini qozonishadi.  

Yurtimizdagi har bir xonadonda tinchlik, har bir ko‘ngilda bag‘rikenglik, har bir jamiyatda o‘zaro hurmat hukumron bo‘lsin. Zero, bizni do‘stlik birlashtiradi, bag‘rikenglik yuksaltiradi, tinchlik farovonlikka yetaklaydi.

Tinchligimizga, do‘stligimizga ko‘z tegmasin.                                

 Халқ депутатлари Бекобод тумани Кенгаши депутати Саидова Дилшода

Slide 1 of 2