Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari Furqat tumani Kengashining navbatdagi o‘n yettinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Furqat tumani "og‘ir" toifadan chiqarilib, ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantiriladi
янв.21
Xalq deputatlari Furqat tumani Kengashining navbatdagi o‘n beshinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Xalq deputatlari Furqat tumani Kengashining navbatdagi sessiyasi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Xalq deputatlari Furqat tumani Kengashining navbatdagi sessiyasi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Xalq deputatlari Furqat tumani Kengashining navbatdagi sessiyasi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Xalq deputatlari Furqat tuman Kengashining navbatdagi sessiyasida bir qator masalalar ko‘rib chiqildi
янв.21
Халқ депутатлари Фурқат туман Кенгашининг навбатдаги сессиясида бир қатор масалалар кўриб чиқилди
янв.21
Xalq deputatlari Furqat tumani Kengashining VII chaqiriq 8-sessiyasi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Халқ депутатлари Фурқат тумани Кенгашининг VII чақириқ 7-сессияси бўлиб ўтди
Deputatlar saylovchilar bilan hamkorlikda

 Deputatlar saylovchilar bilan hamkorlikda 

Mamlakatimizda olib borilayotgan islohotlarning
markazida inson va uning manfaati turadi. Shu boisdan, xalq vakillari – deputatlarning
asosiy vazifasi aholi bilan yaqin muloqot o‘rnatish, ularning hayotiy muammolarini
o‘rganib, yechimini topishdir.
 

Shu maqsadda, Xalq deputatlari Farg‘ona tuman Kengashi
deputatlari Ozodaxon Dadajonova va Shuxratjon Raximovlar tumanning Xosilot mahalla
fuqarolar yig‘ini hududida “mahalla yettiligi” va mahalla faollari bilan uchrashuv
o‘tkazdilar. Uchrashuvda mahalla ahlini qiynayotgan dolzarb masalalar atroflicha
muhokama qilindi.
 

O‘rganishlar
davomida aholi tomonidan ta’mirtalab yo‘llar, elektr va suv ta’minotidagi uzilishlar
kabi masalalar ko‘tarildi. Shuningdek, 19-sonli umumta’lim maktabiga olib boruvchi
yo‘lga svetofor o‘rnatish, maktab oldiga piyodalar o‘tish belgisini joylashtirish
hamda ko‘chma svetofor o‘rnatish zarurligi bildirildi.
 

🔹 Uchrashuv jarayonida deputat Ozodaxon
Dadajonova aholi uchun quvonchli yangilik bilan o‘rtoqlashdi. Ya’ni, Toshtepa-2
ko‘chasidagi yaroqsiz holatdagi ko‘prik o‘rniga zamonaviy, 40 tonna yuk ko‘tarish
imkoniyatiga ega yangi ko‘prik qurish masalasi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
2025-yil 30-yanvardagi “Aholini ijtimoiy himoya qilish tizimini moliyalashtirish
tartib-taomillarini takomillashtirish to‘g‘risida”gi PF-17-sonli Farmoni asosida
hal qilinishi belgilandi. Bu loyiha uchun davlat byudjetidan 250 million so‘m
mablag‘ ajratilgani ta’kidlandi.
 

💬 Mahalla aholisi mazkur yangilikdan chin
dildan quvondi. Ular bu xayrli ishni Jonajon Vatanimiz Mustaqilligining 34 yillik
tantanalari arafasida mahalla
ahli uchun munosib tuhfa sifatida qabul qildilar. Shu munosabat
bilan mahalla faollari mamlakatimiz rahbari – Muxtaram Prezidentimiz Shavkat Mirziyoevga
samimiy duolar qilib, yurtimiz tinchligi va osmonimiz musaffoligi uchun tilak bildirdilar.
 

Uchrashuv yakunida aholi tomonidan bildirilgan
barcha taklif va masalalar yuzasidan tegishli mas’ul idoralarga “deputatlik so‘rovi”
yo‘llash to‘g‘risida kelishib olindi. Bu esa muammolar yechimini tizimli ravishda ta’minlashga
xizmat qiladi.
 

Bunday uchrashuvlar
nafaqat mahalla ahlining muammolarini tinglash, balki ularning yechimini topishda
xalq vakillarining mas’uliyat va tashabbuskorligini namoyon etadi. Shu orqali deputatlar
va aholi o‘rtasidagi hamkorlik va ishonch yanada mustahkamlanmoqda.
  

Slide 1 of 6