Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari Furqat tumani Kengashining navbatdagi o‘n yettinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Furqat tumani "og‘ir" toifadan chiqarilib, ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantiriladi
янв.21
Xalq deputatlari Furqat tumani Kengashining navbatdagi o‘n beshinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Xalq deputatlari Furqat tumani Kengashining navbatdagi sessiyasi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Xalq deputatlari Furqat tumani Kengashining navbatdagi sessiyasi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Xalq deputatlari Furqat tumani Kengashining navbatdagi sessiyasi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Xalq deputatlari Furqat tuman Kengashining navbatdagi sessiyasida bir qator masalalar ko‘rib chiqildi
янв.21
Халқ депутатлари Фурқат туман Кенгашининг навбатдаги сессиясида бир қатор масалалар кўриб чиқилди
янв.21
Xalq deputatlari Furqat tumani Kengashining VII chaqiriq 8-sessiyasi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Халқ депутатлари Фурқат тумани Кенгашининг VII чақириқ 7-сессияси бўлиб ўтди
O‘zbekiston va Ozarbayjon hamkorligi xalqlar manfaatiga qaratilgan yangi davrni boshlab bermoqda

Har bir kunimiz muhim tarixiy voqea va yangilkklarga boy bo'lmoqda. Aniqsa, kuni kechagina Muhtaram Prezidentimiz Sh.M.Mirziyoyevning Ozarbayjon Respublikasiga tashriflari ikki mamlakat – O‘zbekiston va Ozarbayjon ishlarining kuchaytirilishi borasidagi xalqlar o'rtasidagi ayni muddao hisoblanadi.

Bu uchrashuv qardoshlik va hamkorlikning yorqin namunasi sifatida Oʻzbekiston va Ozarbayjon oʻrtasidagi mustahkam aloqalar nafaqat siyosiy, balki madaniy va iqtisodiy sohalarda ham yangi ufqlarni ochadi.

Hammamizga ma'lumki, ikki mamlakat orasidagi aloqalar tarixiy ildizlarga borib taqaladi. Hazrat Navoiyning eng yirik va buyuk shoh asari hisoblanmish "Xamsa"ning "Farhod va Shirin" dostonida ham bu ikki mamlakatlar orasidagi ham, iqtisodiy, ham siyosiy, ham madaniy aloqalari qalamga olingan edi. Aynan bu uchrashuvda davlat rahbarimiz O‘zbekiston bog‘iga tamal toshi qo‘yishga bag‘ishlangan tantanali marosimda ishtirok etdilar.

Yangi bog‘ poytaxtning nufuzli va jadal rivojlanayotgan "Oq shahar" mavzesidan o‘rin oldi. Loyihaga ko‘ra, 8,5 gektar maydonda O‘zbekistonning boy madaniyati va an’analarini namoyish etadigan ulkan majmua barpo etiladi. Bog‘ hududida yurtimiz me’moriy obidalari nusxalari, sayilgohlar, yashil hududlar, mehmonxona, turli xil savdo va ko‘ngilochar maskanlar tashkil etiladi. Binolar qurilishi va bezagida o‘zbek milliy me’morchiligi an’analari hamda naqshlaridan foydalaniladi.

Marosimda ikki davlat rahbarlari birgalikda bog‘ poydevoriga ramziy kapsula qo‘yib, ushbu muhim loyiha qurilishini boshlab berdilar.

Bugun ana shu tarixiy muhim ishning davomi sifatida bu muhim uchrashuv tashkillashtirilishi ham ayni haqiqat. Bu tarixiy uchrashuv ikki xalqning birdamligi, oʻzaro ishonchi va kelajakka bo‘lgan umidining yorqin namunasidir.

Tashrif doirasida Oʻzbekiston va Ozarbayjon rahbarlari bir qator keng qamrovli muzokaralar oʻtkazdi. Ular savdo, investitsiya, turizm, qishloq xoʻjaligi, taʼlim va madaniyat sohalarida oʻzaro manfaatli loyihalarni amalga oshirish masalalarini muhokama qilishdi.

Xulosa qilib aytganda, Oʻzbekiston Prezidenti tomonidan Ozarbajonga amalga oshirilgan tashrif ikki mamlakat oʻrtasidagi hamkorlikning yangi bosqichini ochib beradi. Bu nafaqat ikki davlat, balki butun mintaqa uchun ijobiy va istiqbolli rivojlanish yo‘lini belgilovchi muhim voqea boʻldi.

Doʻstligimiz doimiy, hamkorligimiz bardavom boʻlsin!"

Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashi deputati D.Normuradova

Slide 1 of 1