📚 Davlat tili — milliy qadriyatimiz.
O‘zbekiston Respublikasining “Davlat tili haqida”gi Qonuni o‘zbek tilining davlat tili sifatidagi maqomini mustahkamlash, uning jamiyat hayotidagi o‘rnini yanada kuchaytirish hamda davlat organlari va tashkilotlarda undan foydalanishning huquqiy asoslarini belgilaydi.
📌 Qonunchilikda davlat boshqaruvi, ta’lim, axborot va ommaviy kommunikatsiya sohalarida o‘zbek tilidan foydalanish, fuqarolarning davlat tilidagi murojaat va axborot olish huquqlari kabi muhim masalalar belgilangan.
🤝 Davlat tilini asrash, rivojlantirish va unga hurmat bilan munosabatda bo‘lish — barchamizning vazifamiz.
🏛 Xalq deputatlari Forish tumani Kengashi
🎓 51-sonli maktab bitiruvchilari holati o‘rganildi.
Xalq deputatlari Forish tumani Kengashi kotibiyati mudiri B.Botirov tomonidan Uchma mahallasi Bolamon qishlog‘ida joylashgan 51-sonli maktabda 11-sinfni tamomlagan bitiruvchilarning oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga kirganlik holati o‘rganildi.
🔎 Shuningdek, oliy ta’limga o‘qishga kirmagan yoshlarning bandligi, mehnat faoliyati va mavjud imkoniyatlari yuzasidan ham o‘rganish olib borildi.
📌 Aniqlangan masalalar yuzasidan yoshlarni bandligini ta’minlash va ularni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha tegishli tavsiyalar bildirildi.
🏫 49-sonli maktab sport zali holati o‘rganildi.
Xalq deputatlari Forish tumani Kengashi kotibiyati mudiri B.Botirov tomonidan O‘xum mahallasida joylashgan 49-sonli maktabning sport zali holati o‘rganildi.
🔎 O‘rganish davomida sport zalining mavjud sharoitlari, sport jihozlari va inventarlar holati hamda ulardan foydalanish imkoniyatlari ko‘zdan kechirildi.
📌 Aniqlangan masalalar yuzasidan tegishli tavsiya va takliflar bildirildi.
🎓 27-sonli maktab bitiruvchilari holati o‘rganildi.
Xalq deputatlari Forish tumani Kengashi kotibiyati mudiri B.Botirov tomonidan Uchma mahallasi Deriston qishlog‘ida joylashgan 27-sonli maktabda 11-sinfni tamomlagan bitiruvchilarning oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga kirganlik holati o‘rganildi.
🔎 Shuningdek, oliy ta’limga o‘qishga kirmagan yoshlarning bandligi, mehnat faoliyati va mavjud imkoniyatlari yuzasidan ham o‘rganish olib borildi.
📌 Aniqlangan masalalar yuzasidan yoshlarni bandligini ta’minlash va ularni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha tegishli tavsiyalar bildirildi.
🏥 Tibbiyot sohasidagi ishlar muhokama qilindi.
Xalq deputatlari Forish tumani Kengashining navbatdagi 25-sessiyasida Forish tuman tibbiyot birlashmasining 2026-yilning 6 oyi davomida amalga oshirgan ishlari to‘g‘risidagi hisoboti eshitildi.
📋 Hisobot yuzasidan Forish tuman tibbiyot birlashmasi boshlig‘i A.Jabborova axborot berdi.
🔎 Sessiyada aholiga tibbiy xizmat ko‘rsatish sifati, tibbiyot muassasalarida yaratilgan sharoitlar hamda amalga oshirilgan ishlar muhokama qilindi.
📌 Hisobot yuzasidan deputatlar tomonidan savol va takliflar bildirilib, kelgusidagi vazifalar belgilab olindi.
👥 Yoshlar siyosati bo‘yicha hisobot eshitildi.
Xalq deputatlari Forish tumani Kengashining navbatdagi 25-sessiyasida Yoshlar ishlari agentligi Forish tumani bo‘limining 2026-yil birinchi yarim yilligida yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirish borasida amalga oshirgan ishlari to‘g‘risidagi hisoboti eshitildi.
📋 Hisobot yuzasidan Yoshlar ishlari agentligi Forish tumani bo‘limi boshlig‘i F.Yo‘ldoshev axborot berdi.
🔎 Sessiyada yoshlar bandligini ta’minlash, ularni qo‘llab-quvvatlash, yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish hamda yoshlar bilan ishlash borasida amalga oshirilgan ishlar muhokama qilindi.
📌 Hisobot yuzasidan deputatlar tomonidan savol va takliflar bildirildi hamda kelgusidagi vazifalar belgilab olindi.
🌿 Ekologiya yo‘nalishidagi ishlar muhokama qilindi.
Xalq deputatlari Forish tumani Kengashining navbatdagi 25-sessiyasida Forish tumani Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi bo‘limining 2026-yil 8 oyi davomida amalga oshirgan ishlari to‘g‘risidagi hisoboti eshitildi.
📋 Hisobot yuzasidan bo‘lim boshlig‘i v.b. Y.Sa’dullayev hisobot berdi.
🔎 Sessiyada ekologik holatni yaxshilash, atrof-muhitni muhofaza qilish hamda mavjud muammolarni bartaraf etish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar muhokama qilindi.
📌 Deputatlar tomonidan savol va takliflar bildirilib, kelgusidagi vazifalar yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.
💰 “Ochiq budjet” tashabbusiga qo‘shimcha mablag‘ yo‘naltirish masalasi.
Xalq deputatlari Forish tumani Kengashining navbatdagi 25-sessiyasida “Ochiq budjet” axborot portalida ovoz berish jarayonida g‘olib bo‘lgan tashabbusga qo‘shimcha mablag‘ yo‘naltirish masalasi ko‘rib chiqildi.
📋 Mazkur masala yuzasidan tuman Iqtisodiyot va moliya bo‘limi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari B.Norbekovning hisoboti eshitildi.
📌 Hisobot yuzasidan deputatlar tomonidan tegishli fikr va takliflar bildirildi.
💧 Sug‘orish uchun suv limiti tasdiqlandi.
Xalq deputatlari Forish tumani Kengashining Agrar, suv xo‘jaligi va ekologiya masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi tomonidan 2026-yil 1-oktabrdan 2027-yil 1-aprelgacha novegatatsiya davrida sug‘orish ishlari uchun ajratilgan suv limiti masalasi ko‘rib chiqildi.
📊 Forish tumani bo‘yicha sug‘orish ishlari uchun jami 6,2 mln m³ suv limiti ajratilgani qayd etildi.
📌 Komissiya tomonidan mazkur suv limitini tasdiqlash to‘g‘risida qaror qabul qilindi.
💰 Mahalliy budjet mablag‘lari yo‘naltirilishi muhokama qilindi.
Xalq deputatlari Forish tumani Kengashining tegishli doimiy komissiyasi yig‘ilishida mahalliy budjetning qo‘shimcha manbalari hisobidan 2 mlrd 310 mln 300 ming so‘m mablag‘ni yo‘naltirish masalasi ko‘rib chiqildi.
📌 Mablag‘larni infratuzilma, obodonlashtirish, sport va yoshlar hamda ijtimoiy soha obyektlarini rivojlantirishga yo‘naltirish bo‘yicha takliflar muhokama qilindi.
🔎 Mablag‘larning maqsadli va samarali sarflanishi ustidan deputatlik nazoratini kuchaytirish belgilandi.