Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

NAVRO‘Z MFYDA YOSHLAR BANDLIGI VA YOSHLAR YETAKCHISI FAOLIYATI O‘RGANILDI

NAVRO‘Z MFYDA YOSHLAR BANDLIGI VA YOSHLAR YETAKCHISI FAOLIYATI O‘RGANILDI

Xalq deputatlari Termiz tuman Kengashi kotibiyati mudiri A. Avliyakulov hamda 13-Mehnatobod saylov okrugi deputati N. Ilmurodova tomonidan Navro‘z mahalla fuqarolar yig‘inida “Mahalliy Kengash deputati faoliyatining eng muhim yo‘nalishlari bo‘yicha tavsiyalar”ning 1-bandi ijrosi yuzasidan yoshlar yetakchisi tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi.

O‘rganish davomida yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ularni sport, madaniyat va turli to‘garaklarga jalb qilish, kasb-hunarga yo‘naltirish hamda bandligini ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar muhokama qilindi.

Shuningdek, ishsiz yoshlarni aniqlash, ularning qiziqish va qobiliyatidan kelib chiqib ishga joylashtirish, tadbirkorlik tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash hamda yoshlar bilan manzilli ishlash samaradorligini oshirish yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.

Slide 1 of 2