Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

KENGASH ISH REJASI IJROSI DOIRASIDA BEPUL BERILADIGAN DORI VOSITALARI BILAN TA’MINLASH, AHOLIGA O‘Z VAQTIDA SIFATLI TIBBIY YORDAM KO‘RSATILISHI HAMDA QONUN IJROSI O‘RGANILDI

KENGASH ISH REJASI IJROSI DOIRASIDA BEPUL BERILADIGAN DORI VOSITALARI BILAN TA’MINLASH, AHOLIGA O‘Z VAQTIDA SIFATLI TIBBIY YORDAM KO‘RSATILISHI HAMDA QONUN IJROSI O‘RGANILDI
✅ Aholi salomatligini muhofaza qilish, tibbiy xizmatlar sifatini oshirish va fuqarolarning bepul tibbiy yordam olish huquqlarini ta’minlash doimiy e’tibor talab etadigan muhim masalalardan biridir. Shu bois tibbiyot muassasalarida qonun hujjatlari talablariga rioya etilishi, aholiga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifati va bepul dori vositalari bilan ta’minlash holatini o‘rganish deputatlik hamda jamoatchilik nazoratining muhim yo‘nalishi hisoblanadi.
🇺🇿 Xalq deputatlari Parkent tuman Kengashiga 17-“Bo‘rsiliq” saylov okrugidan saylangan deputat, doimiy komissiya raisi Muxitdinov Xusnitdin Muxitdinovich tomonidan Kengash ish rejasiga muvofiq Parkent tumani Tibbiyot birlashmasi hamda tuman Ko‘p tarmoqli markaziy poliklinikasida aholiga o‘z vaqtida va sifatli tibbiy yordam ko‘rsatilishi, shuningdek, fuqarolarni bepul beriladigan dori vositalari bilan ta’minlash holati o‘rganildi.
❇️ O‘rganish jarayonida “Fuqarolar sog‘lig‘ini saqlash to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining tumandagi ijrosiga, xususan, Qonunning 29-moddasida belgilangan birlamchi tibbiy-sanitariya yordami aholiga qulay va bepul tibbiy xizmat ko‘rsatishning asosiy turi sifatida qay darajada ta’minlanayotganiga alohida e’tibor qaratildi.
Mazkur yo‘nalishda tibbiy xizmatlarning fuqarolar uchun qulayligi, bepul dori vositalari bilan ta’minlash jarayonining tashkil etilishi hamda aholining tibbiy yordamdan foydalanish imkoniyatlari bilan bog‘liq masalalar muhokama qilindi. Chunki tibbiy xizmatning o‘z vaqtida ko‘rsatilishi va zarur dori vositalarining mavjudligi fuqarolar salomatligini saqlashda muhim ahamiyatga ega.
❇️ Deputat tomonidan Parkent tumani Tibbiyot birlashmasi rahbari Bobur Aliyev hamda bepul dori vositalari bilan ta’minlash dorixonasi mudiri Erkin Toshev bilan suhbat o‘tkazildi. Suhbat davomida qonun talablarining amaliyotga tatbiq etilishi, bepul dori vositalari bilan ta’minlashni tashkil etish va aholiga tibbiy xizmat ko‘rsatish masalalari yuzasidan mas’ullarga savollar berildi.
❓ Qonun ijrosi yuzasidan mas’ullarga quyidagi savollar yo‘naltirildi:
1️⃣ Aholiga bepul berilishi belgilangan dori vositalari bilan uzluksiz ta’minlash, ularning mavjudligini ta’minlash va fuqarolarga o‘z vaqtida yetkazib berish bo‘yicha qanday ishlar amalga oshirilmoqda?
2️⃣ Aholiga birlamchi tibbiy-sanitariya yordamini qulay va sifatli ko‘rsatish, fuqarolarning tibbiy xizmatlardan foydalanish imkoniyatlarini yaxshilash hamda ushbu yo‘nalishda yuzaga kelayotgan muammolarni bartaraf etish uchun qanday choralar ko‘rilmoqda?
✅ O‘rganish yakunlari bo‘yicha mavjud masalalarni batafsil muhokama qilish, bepul dori vositalari bilan ta’minlash tizimini takomillashtirish va aholiga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmat sifatini yanada oshirish maqsadida Parkent tumani Tibbiyot birlashmasi rahbarining hisobotini tegishli doimiy komissiya yig‘ilishida eshitish belgilandi.
❇️ Shuningdek, bepul dori vositalari bilan ta’minlashda uzluksizlikni ta’minlash, tibbiy xizmatlarni o‘z vaqtida va sifatli ko‘rsatish, fuqarolarning qonuniy huquq va manfaatlarini ta’minlash hamda o‘rganish davomida ko‘tarilgan masalalarni deputatlik nazoratida saqlash yuzasidan tegishli choralar belgilandi.
➡️ Xalq deputatlari Parkent tuman Kengashi tomonidan Kengash ish rejasida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash, qonun hujjatlarining hududdagi amaliy ijrosini o‘rganish va ijtimoiy sohada aholining manfaatlariga daxldor masalalar yuzasidan deputatlik hamda jamoatchilik nazoratini amalga oshirish ishlari izchil davom ettiriladi.
❤️ Aholi salomatligi — bebaho ne’mat. Har bir fuqaroning sifatli tibbiy xizmatdan foydalanishi va belgilangan bepul dori vositalari bilan ta’minlanishi muhim vazifadir!

Slide 1 of 9